Dunyo bo‘yicha eng xaridorgir o‘nta smartfon (2020 yil 3-chorak)

  •   DiMaX
  •  3506
  •  10.11.2020 17:21

Dunyo bo‘yicha eng xaridorgir o‘nta smartfon (2020 yil 3-chorak)

Canalys tahlil kompaniyasi joriy yilning uchinchi kvartalidagi eng ommabop smartfonlar ro‘yxatini taqdim etdi. Ushbu statistika qurilmalarning do‘konlarga yetkzib berilganligi faktiga asoslangan.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (45-hafta)

Dunyo bo‘yicha eng yaxshi sotilayotgan smartfon iPhone 11 ekan – uchinchi chorakda Apple ushbu modelidan 16 milliondan oshiq yetkazib bergan. Ikkinchi o‘rinni ham kupertinoliklar vakili egallagan – 2020 yilgi iPhone SE smartfoni o‘n milliontacha sotilgan.

Keyingi uchta o‘rinni esa Samsung smartfonlari – tegishlicha Galaxy A21s, Galaxy A11 hamda Galaxy A51 modellari band etgan.

Eng xaridorgir smartfonlar o‘ntaligida keyingi o‘rinlarni Redmi Note 9 (Redmi 10X 4G), Redmi 9, Galaxy A31, Redmi 9A hamda Galaxy A01 Core rusumli qurilmalar egallab turibdi.

Agarda aniq modellar emas, balki brendlar kesimida qarasak, 2020 yilning 3-kvartalida eng ko‘p smartfon sotgan kompaniya Samsung bo‘lyapti. Ko‘rib turganingizdek, kuchli o‘ntalikning naq yarmini uning vakillari zabt etgan. Xiaomi korporatsiyasi (aniqrog‘i – uning arzonchi Redmi brendi) vakillariga bu ro‘yxatda uchta o‘rin tekkan. Apple esa ikkita, lekin eng yuqori pog‘onalarni zabt etgan.

O‘QING: 150 dollardan boshlanuvchi 5G-smartfonlar – Redmi Note 9 va Note 9 Pro: aniq taqdimot kuni, narx va xususiyatlari