Dunyo bo‘yicha qaysi brauzerlar eng ommabop? (2021 yil aprel)

  •   DiMaX
  •  2744
  •  06.05.2021 08:25

Dunyo bo‘yicha qaysi brauzerlar eng ommabop? (2021 yil aprel)

Veb-trafik tahliliga ixtisoslashgan StatCounter servisi butun dunyodagi kompyuter brauzerlari bo‘yicha 2021 yil aprel oyi hisobotini taqdim etdi. Shuningdek, unda brauzerlarning barcha tur gadjetlardagi ommabopligi reytingi ham ko‘rsatilgan.

O‘QING: iPhone va Android-smartfonlar uchun eng zo‘r brauzerlar («Roskachestvo» reytingi)

Unga ko‘ra, Google Chrome katta farq bilan oldinda bo‘lishdan tashqari, brauzerlar bozorida o‘z ulushini oshirishga ham erishgan. Mart oyida kompyuter va noutbuklarda ishlatilgan barcha brauzerlarning 67,09 foizi shu dasturga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, aprelda mazkur ko‘rsatkich 67,55 foizga yetgan.

Guvohi bo‘lib turganingizdek, qolgan brauzerlarning bozordagi hissasi ancha kam:

  1. Safari – 9,86%
  2. Microsoft Edge – 7,96%
  3. Mozilla Firefox – 7,79%
  4. Opera – 2,65%
  5. Internet Explorer – 1,68%

Ta’kidlash kerakki, Microsoft Edge faqatgina 2021 yilning mart oyida Firefox dasturini quvib o‘tib, kompyuter brauzerlari orasida uchinchi o‘rinni egallagan edi.

O‘QING: Maxfiylik bo‘yicha eng kuchli va eng yomon brauzerlar reytingi

Agarda faqat desktop kompyuterlar va noutbuklarni emas, balki barcha tur gadjetlarda (smartfonlar, planshetlar va konsollarda) qo‘llanishini hisobga olsak, brauzerlarning ommaboplik reytingi hozir quyidagicha ko‘rinish olgan:

  1. Google Chrome – 64,47%
  2. Safari – 18,69%
  3. Mozilla Firefox – 3,59%
  4. Microsoft Edge – 3,39%
  5. Samsung Internet – 3,3%
  6. Opera – 2,22%

Darvoqe, Google Chrome’dagi jonga teguvchi bildirishnomalarni butkul o‘chirib qo‘yish usulidan xabaringiz bormi?

O‘QING: Opera ishga chaqiryapti: ikki hafta internet kavlab o‘tirganga 8000 yevro maosh!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.