Dunyo bo'ylab eng ko'p yuklab olingan ilovalar

Dunyo bo'ylab eng ko'p yuklab olingan ilovalar

Sensor Tower kompaniyasi 2022-yilning ikkinchi choragiga ko'ra dunyo bo'ylab eng ko'p yuklab olingan mobil ilovalar ro'yxatini e'lon qildi. Unga ko'ra, joriy yilning aprel, may va iyun oylarida TikTok ilovasi 190 millionga yaqin yuklab olishlar soni bilan birinchilikni egallagan.

Xitoylik ijtimoiy tarmoqdan keyingi ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni Meta kompaniyasining "uch mushketyori", mos ravishda, Instagram, Facebook, WhatsApp ilovalari band qilgan.

Top beshlikni yana bir ijtimoiy tarmoq, Snapchat ilovasi 100 milliondan ortiq yuklab olishlar bilan yakunlab beradi.

Undan keyingi oltinchi o'rinni salkam 100 million yuklab olishlar bilan Telegram messenjeri egallashga muvaffaq bo'lgan.

Umumiy statistikaga qaraydigan bo'lsak, ro'yxatning eng oxiridagi YouTube ilovasidan tashqari barcha ilovalar eng ko'p Google Play Store orqali yuklab olingan.

O'QING: Telegram Premium'ga yangi funksiya qo‘shilmoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!