Dunyo bo‘ylab mart oyida eng ko‘p yuklab olingan top 10 ta mobil o‘yinlar

Dunyo bo‘ylab mart oyida eng ko‘p yuklab olingan top 10 ta mobil o‘yinlar

Sensor Tower tahlilchilari 2022-yilning mart oyida Google Play Store va App Store ilovalar do‘konlaridan eng ko‘p yuklab olingan mobil o‘yinlar top o‘ntaligi ro‘yxatini e’lon qilishdi.

Unga ko‘ra, Homa Games tomonidan chiqarilgan Merge & Fight, yohud Merge Master o‘yini 2022-yilning mart oyida 28,3 million o‘rnatishlar soni bilan dunyo bo‘ylab eng ko‘p yuklab olingan mobil o‘yin bo‘ldi. Ilova Hindistonda eng ko‘p o‘rnatilgan bo‘lib, u jami yuklab olishlar sonining taxminan 38 foizi tashkil qiladi.

Garena Free Fire o‘tgan oyda 25,5 million o‘rnatish bilan dunyo bo‘ylab ikkinchi eng ko‘p yuklab olingan mobil o‘yin bo‘ldi va u o‘zining 2021-yil martdagi holatiga nisbatan 41,8 foizga o‘sgan. Chiqarilganiga 10 yil bo‘lganiga qaramay Subway Surfers o‘yini hali ham top ilovalar qatoridan tushgani yo‘q va u mart oyida dunyo bo‘ylab eng ko‘p yuklab olingan uchinchi, iOS qurilmalari uchun App Store do‘konidan eng ko‘p yuklab olingan birinchi ilova bo‘ldi.

Global mobil o‘yinlar bozori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4 foizga o‘sdi. O‘tgan oyning o‘zida App Store va Google Play Store ilovalar do‘konlaridan jami 4,7 milliard mobil o‘yinlar yuklab olingan. Dunyo bo‘ylab o‘yinlarni yuklab olish bo‘yicha Hindiston mamlakati 761,2 million yuklab olishlar soni bilan birinchi o‘rinni olgan bo‘lib, bu butun dunyo bo‘ylab yuklab olishlar sonining taxminan 16 foizini tashkil qiladi. Yuklab olishlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Amerika Qo‘shma Shtatlari 8,7 foiz, Braziliya esa 7,6 foiz bilan egallagan.

O‘QING: RedMagic 7 Pro global bozorga chiqarildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.