Dunyo bo'ylab mashhur shaxslarning yashash joylariga ko'ra xarita yaratildi

Dunyo bo'ylab mashhur shaxslarning yashash joylariga ko'ra xarita yaratildi

MapBox'da xaritalar bo'yicha senyor dizayner va geograf, Topi Tyukanov, taniqli odamlarni ularning yashash joylariga ko'ra ko'rish imkonini beradigan interaktiv xarita yaratdi. Qizig'i shundaki, siz unda nafaqat mashhur insonlarni qayerlik ekanliklarini, balki ismlari ustiga bosish bilan ularning mashhurlik darajasi, jinsi va tirik yoki yo'qligini bilib olishingiz (kattaroq harflar bilan uzoqdan ham ko'rinadigan ism egalari yuqoriroq reytingga ega).

Ma'lum bo'lishicha, xaritada keltirilgan har bir ism egalarining mashhurlik indeksi Vikipediya va Vikima'lumotlar bazasiga asoslanib, Nature tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlardan foydalangan holda aniqlangan. Aytish kerakki, siz xaritadagi nufuzli odamlarni madaniyat, ilm-fan, liderlik yoki sport yo'nalishlariga ko'ra filtrlashingiz yoki undan oddiy xarita kabi foydalanishingiz mumkin.

Platformada O'zbekistonga qaraydigan bo'lsak, siz xaritani yaqinlashtirmasdan oldin Al-Xorazmiy, Avitsenna yoxud Ibn Sino, Amir Temur va Bobur kabi taniqli tarixiy shaxslarga ko'zingiz tushadi. Yoki xaritani yanada yaqinlashtirish bilan prezident Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik, milliarder Alisher Usmonov va futbolchi Odil Ahmedov namanganlik ekanligini bilib olsangiz bo'ladi.

O'QING: Prezident: "IT kasblarni egallash yoshlar o‘rtasida trendga aylandi"

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.