Dunyo miqyosida kompyuterga bo‘lgan talab tushib ketmoqda

Dunyo miqyosida kompyuterga bo‘lgan talab tushib ketmoqda

Shu yilning boshida IDC kompyuterlarning yetkazib berish hajmi o‘tgan yilning ikkinchi choragiga qaraganda 15.3% ga tushib ketgan. Endi esa tadqiqotchilar ushbu raqamlar uchinchi chorakda ham 15% ga tushib ketganini aytishmoqda. 

Umumiy jo‘natmalar soni uchinchi chorakda 74.3 millionni tashkil qildi. Ikkinchi chorakda bu 71.3 million edi. Ammo birinchi chorakda kompyuterlar yetkazib berish hajmi nisbatan yuqori edi - 80.5 million. 

Umumiy qilib aytganda, 2022 yilda kompyuterlarga bo‘lgan talab 2021 yildagidek yuqori emas. Biroq pandemiyadan oldingi davrni hisobga olsak, talab o‘rtacha darajada deyish mumkin. 

Bundan keyin nima bo‘ladi? Xo‘sh, IDC o‘rtacha sotuv narxlarini ham o‘rganib kelmoqda. Komponentlar yetishmay, ularning narxlari shu kungacha sezilarli darajada oshdi. Buni o‘rtacha narx besh chorakdan beri o‘sib borayotgani bilan izohlash mumkin. Shu yilning birinchi choragida o‘rtacha narx 910 dollarga yetdi. Bu 2004 yildan beri kuzatilgan eng yuqori o‘rta narx hisoblanadi. 

Biroq, o‘rtacha narx ikkinchi va uchinchi chorakda pasaydi, bu «bozor chekinayotganini» ko‘rsatadi, deb yozadi IDC Devices & Displays tadqiqotning vitse-prezidenti Linn Huang.

Agar har bir kompaniya qancha kompyuter yetkazib berganiga ahamiyat bersak, Apple bu borada o‘sishga erishgan bo‘lsa, qolgan kompaniyalarda pasayish kuzatildi. Kupertinolik kompaniyaning kompyuter yetkazib berish hajmi o‘tgan yilgiga qaraganda 40.2% ga ko‘tarilgan. Shunday qilib, Appple ushbu chorakda yetkazib berish hajmi bo‘yicha Dell bilan deyarli tenglashib oldi. Shuni ta’kidlash kerakki, oxirgi uch chorakda ko‘rsatkichlar tubdan farq qilar edi, ya’ni Dell kompaniyasi Apple'ga qaraganda ikki barobar ko‘p kompyuter yetkazib bergan edi. 

Eslatib o‘tamiz, IDC bu yerda ish stoli kompyuteri hamda noutbuklarning yetkazib berish hajmini ko‘rsatgan. Bundan planshetlar o‘rin olmagan. 

O‘QING: Snapdragon Dimensity'ga ikki karra yengildi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!