Dunyo planshet bozori: eng ommabop beshta brend va uchta aypad

  •   DiMaX
  •  596
  •  17.06.2021 12:06

Dunyo planshet bozori: eng ommabop beshta brend va uchta aypad

Avvalroq biz Canalys tahliliy tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra kompyuter va planshetlarning joriy yil birinchi choragidagi sotuvlari haqida xabar bergan edik. Endi esa Counterpoint Research tahlilchilari planshetlar bozoridagi ayni shu davrga oid holat haqida hisobotini e’lon qildi.

O‘QING: HarmonyOS 2.0’ga o‘tuvchi 35 xil Honor smartfon va planshetlari

Unga ko‘ra, 2021 yilning birinchi kvartalida butun jahon bo‘ylab eng ko‘p planshet sotishga erishgan brendlar va ularning mazkur bozordagi hissalari quyidagicha ekan:

  1. Apple – 37%
  2. Samsung – 20%
  3. Amazon – 9%
  4. Lenovo – 9%
  5. Huawei – 5%

Quyidagi diagrammada esa ushbu holatni 2020 yilning ilk choragi bilan taqqoslab ko‘rsatishgan:

Ko‘rganingizdek, Apple hamda Samsung ushbu reytingda o‘z o‘rnini mustahkamlab olgan, Huawei esa birdaniga ikki pog‘ona pastlagan. Bozorda teng miqdorda ulushga ega bo‘lgan Lenovo hamda Amazon undan yuqoriga chiqib olishgan.

O‘QING: HarmonyOS, uchtalik kamera, 29 ta antenna, 8 ta dinamik va sig‘imdor akkumulyatorga ega MatePad Pro plansheti taqdim etildi

Eng ko‘p planshet sotgan kupertinolik korporatsiya mahsulotlari orasidan esa uchtasi eng ommabop ekan. Mana, ularning modellari va bozordagi ulushlari quyidagicha:

  1. iPad (8-avlod) – 56%
  2. iPad Air (2020) – 19%
  3. iPad Pro – 18%

E’tibor bergan bo‘lsangiz, hisobot davrida butun dunyo bo‘yicha sotilgan boshqa barcha rusumlardagi Apple planshetlaridan bittagina sakkizinchi avlod aypad savdosi yuqori ekan!

O‘QING: iOS 15 hamda iPadOS 15 taqdim etildi: yangilanuvchi iPhone va iPad’lar ro‘yxatlari

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!