Dunyo smartfon bozorida endi Samsung yetakchi emas!

  •   DiMaX
  •  1164
  •  07.08.2021 12:04

Dunyo smartfon bozorida endi Samsung yetakchi emas!

Kuni kechagina biz Xiaomi tarixda ilk bor Yevropa smartfon bozorida Samsung va Apple’dan o‘zib, yetakchi bo‘lgani haqida yozgan edik. Counterpoint Research hisobotiga ko‘ra, «Xitoycha Apple» bu bilan cheklanib qolmagan ekan...

O‘QING: Xiaomi smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyun)

Joriy yilning iyun oyi yakunlariga ko‘ra, Xiaomi butun dunyo bo‘ylab smartfon sotish bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib olgan. Kompaniya birinchi marta yetakchi smartfonsoz nomini Samsung’dan tortib olgan.

Iyun oyida Xitoy kompaniyasining jahon smartfon bozoridagi ulushi 17,1 foizni tashkil etgan. Counterpoint Research yozishicha, Xiaomi may oyidagi o‘z ko‘rsatkichidan 26 foizlik o‘sish ko‘rsatgan.

Samsung esa dunyo bozoridagi 15,7 foizlik hissasi bilan ikkinchi o‘ringa tushgan. Uchinchi raqamli smartfonsoz esa Apple bo‘lib, iyun oyida global bozorda sotilgan smartfonlardan 14,3 foizining orqasida «tishlangan olma» tasviri bor.

O‘QING: iPhone 13 Pro ilk «jonli» suratlarda: Ligthning porti yo‘q!

Manbaga ko‘ra, jahon smartfon bozorida liderning almashinuvi Vetnamdagi moliyaviy vaziyat bilan bog‘liq. Zero, Samsung o‘z smartfonlarining asosiy qismini shu mamlakatda ishlab chiqaradi. Counterpoint ta’kidlashicha, Vetnamda holat barqarorlashgach, Samsung yana o‘z taxtiga chiqib oladi.

Aytish kerakki, AQSh sanksiyalari tufayli Huawei smartfonsozlik borasida pastlay boshlagach, Xiaomi kompaniyasi uning o‘rnini egallash uchun bor kuchini sarflamoqda. U o‘z yurtidan tashqari Yevropa, Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlarida smartfon savdosini kuchaytirgan. Iyunda esa yetkazib beruvchilarning faoliyatidagi muammolar tufayli Samsung’ning biroz pastlashi ham «Xitoycha Apple»ga qo‘l kelgan.

O‘QING: Samsung Galaxy smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, avgust)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!