Dunyoda birinchi: Huawei Mate 20 smartfonni simsiz quvvatlaydi

  •   Saroy
  •  1001
  •  17.10.2018 10:51

Dunyoda birinchi: Huawei Mate 20 smartfonni simsiz quvvatlaydi

Huawei o‘zining asosiy flagmani Mate 20  lineykasini namoyish qildi. Top telefonlarga xos tavsif, uchta kamerasi borligi va juda qimmatliligidan tashqari, qurilma yana noodatiy funksiyaga ham ega bo‘ldi.  Endi uning ikki tomonida ham simsiz quvvatlash funksiyasi ishlaydi.

Demak, yangi Mate 20 yordamida ayfon yoki boshqa istalgan smartfonlarni ham quvvatlay olsa bo‘ladi. Bir qarashda, ushbu funksiya befoyda tuyuladi, chunki  Huawei akkumulyatori boshqa telefonni faqat ozgina quvvatlantirib olishga yetadi. Agar gap-so‘zlar rost bo‘lsa, avval boshda undan Freebuds 2 simsiz quloqchinni zaryadkalash ko‘zda tutilgan edi, ammo u rejaligicha qolib ketdi.

O‘QING:Huawei Mate 20: tarmoqlarda yangi flagman haqida ma’lumot tarqaldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!