Dunyoda hozir qaysi brendlar noutbuklari eng ommabop?

  •   DiMaX
  •  2666
  •  10.07.2020 11:11

Dunyoda hozir qaysi brendlar noutbuklari eng ommabop?

Gather tahlil kompaniyasi 2020 yilning ikkinchi choragi bo‘yicha jahon noutbuk bozori holatini e’lon qildi. Unda aytilishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli birinchi kvartalda laptoplar savdosi keskin tushib ketgan bo‘lsa, ikkinchi chorakda yana ko‘tarila boshlagan.

O‘QING: «O‘yinlar va ish uchun ideal» yangi RedmiBook rasman e’lon qilindi

Aytish kerakki, mazkur hisobotda aynan xaridorlarga sotilgan emas, balki ishlab chiqaruvchilar tomonidan savdo omborlari va do‘konlarga jo‘natilgan noutbuklar soni hisobga olingan.

Ikkinchi chorak yakunlariga ko‘ra, eng ommabop noutbuksoz Lenovo brendi bo‘lib, u ketma-ket ikkita kvartalda yetakchilik qilmoqda. Undan keyin esa bozordagi ulushi bo‘yicha kichkinagina farq bilan HP kelyapti, kuchli uchlikni ulardan archa orqada qolgan Dell yakunlamoqda.

Yakuniga yetgan chorakda shu oltitasidan boshqa noutbuksozlarning savdolari sezilarli darajada pasayib ketgan. Jiddiy o‘sish esa HP, Acer hamda ASUS kompaniyalarida kuzatiladi. Agarda shu tendensiya joriy kvartalda ham saqlanib qolsa, Lenovo yetakchilikni HP’ga oldirib qo‘yishi aniq.

O‘QING: Maktab o‘quvchilariga tekinga noutbuklar beriladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!