Dunyodagi barcha 5G-tarmoqlar xaritasi ishga tushdi: Markaziy Osiyoda bittagina mamlakat!

  •   DiMaX
  •  4531
  •  22.05.2020 15:32

Dunyodagi barcha 5G-tarmoqlar xaritasi ishga tushdi: Markaziy Osiyoda bittagina mamlakat!

Internet tezligini o‘lchovchi Speedtest.net servisi bilan tanilgan Ookla kompaniyasi yana bitta servisni taqdim etdi. Bu – ayni damda jahondagi 5G uyali aloqa tarmoqlari aks etgan saytdir.

O‘QING: 5G tarmog‘i ishga tushgan 34 ta mamlakatdan bittasi allaqachon monopol bo‘lib ulgurdi!

5G tarmoqlari xaritasi https://www.ookla.com/ookla-5g-map manzilida joylashgan bo‘lib, unda Yer yuzida ishlab turgan barcha beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlari hamda ularning har biri to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot ko‘rsatilgan.

Ookla xodimlari bunda tijoriy maqsadlarda abonentlarga to‘liq taqdim etilgan 5G tarmoqlarini ham, test tarzida – cheklangan rejimda ishlayotganlarini ham hisobga olishgan. Bundan tashqari, xaritada qaysi mamlakatlar va shaharlar beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida ham ma’lumotlar bor.

O‘QING: Xitoy butun boshli mamlakatlarni internetdan uzib qo‘yishi mumkin!

Xaritaga ko‘ra, hozirda dunyo bo‘ylab 123 ta uyali aloqa operatori jami 8700 dan oshiq 5G tarmog‘ini ishga tushirgan. Ularning eng ko‘pi AQSh, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya hamda G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida joylashgan. Markaziy Osiyoda esa faqat Tojikiston poytaxti – Dushanbe shahrida yangi avlod mobil aloqa tarmog‘i ishlayapti.

Aytib o‘tish kerakki, Ucell uyali aloqa operatori O‘zbekistonda ilk bor 5G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazgan va keyinroq amalda ishga tushirgan. Shuningdek, Uzmobile ham 5G texnologiyasini sinov tariqasida joriy etgan.

O‘QING: Mana, 5G tarmoqlarining birinchi va haqiqiy xavfi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!