Dunyodagi barcha virtual muzeylarga endi bitta saytdan kira olamiz!

  •   DiMaX
  •  3070
  •  08.04.2020 10:59

Dunyodagi barcha virtual muzeylarga endi bitta saytdan kira olamiz!

Koronavirus pandemiyasi tufayli kishilar uylaridan imkon qadar chiqmayotgani sababli masofadan xizmat ko‘rsatish, onlayn servislar rivojlanmoqda. Jumladan, shu kunlarda san’at va madaniyatga qiziquvchilar orasida onlayn muzeylar ommalashgan.

O‘QING: Uyda turib ishlash uchun 7 servis

Londonlik dasturchi Mak Grenfell yaratgan yangi – Virtual Museums sayti esa virtual sayohat qilish mumkin bo‘lgan onlayn muzeylarni o‘zida jamlashni maqsad qilgan. Endi internetingiz bo‘lsa bas – uydan chiqmagan holda smartfon, noutbuk, planshet yoki kompyuter orqali turli muzeylarni 3D formatida tomosha qila olasiz!

Mohiyatiga ko‘ra, Virtual Museums sayti yer yuzidagi onlayn muzeylarni topish va ularga o‘tish uchun o‘ziga xos agregator vazifasini o‘taydi. Ko‘z oldingizda dunyo xaritasi ko‘rinib turadi, virtual kirish mumkin bo‘lgan muzeylar esa belgilab ko‘rsatilgan. Istalgan birining ustiga bosib, muzey saytiga o‘tishingiz yoki biryo‘la virtual sayohatni boshlashingiz mumkin.

O‘QING: Samarqandda Smart-muzey ochildi – u Markaziy Osiyoda yagona!

Grenfellning ta’kidlashicha, servis hali yangi bo‘lgani uchun unga barcha muzeylar kiritilmagan. Lekin sayt muntazam yangilanib, tobora uning bazasiga muzeylar qo‘shilib boryapti.

Eng yaxshi jihati – Virtual Museums servisiga istagan odam yangi muzeyni qo‘shishi mumkin! Buning uchun saytda Submit Museum tugmachasi joylangan. Bunda muzey nomini hamda uning veb-saytini ko‘rsatish kerak bo‘ladi.

Agar servisda ro‘yxatdan o‘tib qo‘ysangiz, tashriflaringiz va har bir muzeyda qancha vaqt bo‘lganingiz statistikasi yuritiladi, lekin bu majburiy emas.

O‘QING: O‘zbekiston muzeylariga endi dunyoning istalgan nuqtasidan onlayn sayohat qilish mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!