Dunyodagi birinchi LCD-ekran uchun mo‘ljallangan displey osti barmoq izi skaneri taqdim etildi. Endi arzon smartfonlar ham ajoyib funksiyaga ega bo‘lishi mumkin!

Dunyodagi birinchi LCD-ekran uchun mo‘ljallangan displey osti barmoq izi skaneri taqdim etildi. Endi arzon smartfonlar ham ajoyib funksiyaga ega bo‘lishi mumkin!

Hozirda ekranning o‘ziga o‘rnatilgan daktiloskop faqat flagman va o‘rtachadan yuqori darajadagi smarfonlarga o‘rnatilayapti. Buning uchun ishlab chiqaruvchilar OLED-ekran ishlatishga majbur bo‘lishmoqda.

OLED-ekran tomonidan o‘tkaziladigan nur barmoq izini skanerlash uchun xizmat qiladi. LCD-ekranda esa bunday imkoniyat mavjud emasligi tufayli, ishlab chiqaruvchilar bunday displeylarda ekranosti daktiloskopidan foydalana olishmas edi. Tez orada ushbu muammo bartaraf etilishi mumkin.

Fortsense kompaniyasi LCD-ekran uchun mo‘ljallangan displey osti barmoq izi skanerini ishlab chiqish muvafaqqiyatli kechayotganligini e’lon qildi. Ishlab chiqaruvchilar LCD bilan bog‘liq muammoni yechishi mumkin bo‘lgan, modefikatsiyalangan panelga nur o‘tkazuvchi – yaxshilangan optik sxemani yaratishgan.  

Shuningdek, barmoq izini tezkor aniqlash va optimallashtirish algoritmini yaratish maqsadida sun’iy ong texnologiyalaridan foydalanilgan.

Kompaniyaning so‘z berishicha, yangi texnologiya identifikatsiya tezligi va aniqligi bo‘yicha boshqa an’anaviy skanerlar bilan tenglasha oladi. Bu sezilarli inqilob bo‘lib, hozirda LCD panellar OLED’ga qaraganda sezilarli ravishda arzon va keng miqdorda ishlatiladi.

Agar barchasi rejadagidek kechadigan bo‘lsa, ishlab chiqaruvchilar keyingi yil oxiridan boshlab arzon smarfonlarga ham ekranosti daktiloskopi o‘rnatishi mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Samsung endi kamerasi ekran ostiga joylangan smartfon tayyorlamoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!