Dunyodagi chinakamiga birinchi buklama smartfon allaqachon sotib tugatildi (+video)

  •   DiMaX
  •  1672
  •  29.04.2019 10:23

Dunyodagi chinakamiga birinchi buklama smartfon allaqachon sotib tugatildi (+video)

Samsung kompaniyasi o‘zining Galaxy Fold modelini qayishqoq ekranli ilk buklama smartfon sifatida reklama qilmoqda. Ammo amalda undan ham avval uncha tanilmagan bitta xitoylik kompaniya shunday qurilmasini sotuvga chiqarib ham ulgurgandi.

O‘QING: Ilk buklama 5G-smartfon – FlexPai bugundan sotuvga chiqdi, lekin bu Samsung ham, Huawei ham emas! (+«jonli» videolar)

Xullasi kalom, Royole Technology kompaniyasi o‘zining ushbu inqilobiy qurilmasini o‘tgan yilning oktyabrida taqdim etib, uning uchun oldindan buyurtma ham ola boshlagandi.

Mana, ushbu smartfonni quyidagi videoda tomosha qilamiz:

Kecha – 2019 yilning 28 aprelida esa Royole Technology rasmiy bayonot bilan chiqish qildi. Unga ko‘ra, Tmall onlayn savdo maydonchasi orqali savdoga qo‘yilgan FlexPai smartfonlarining birinchi partiyasi butkul sotib bo‘lingan. Biroq ishlab chiqaruvchi ushbu partiya hajmini ma’lum qilmagan.

Royole FlexPai modelining keyingi partiyasi 9 maydan sotuvga qo‘yilishi ma’lum. Ushbu smartfon tezkor va ichki xotirasi hajmiga ko‘ra uch xil modifikatsiyada taklif etilmoqda. Uning 6/128 gigabaytlik xotiralisi 1337 AQSh dollariga, 8/256 GBligi 1486 dollarga, 8/512 gigabaytligi esa 1932 dollarga narxlangan.

O‘QING: «Inqilob» amalga oshmadi: Samsung barcha Galaxy Fold’larini qaytarib olyapti!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.