Dunyodagi eng arzon 5G-smartfonni Huawei taqdim etdi!

  •   DiMaX
  •  4842
  •  25.05.2020 12:26

Dunyodagi eng arzon 5G-smartfonni Huawei taqdim etdi!

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi subbrendi o‘zining eng arzon 5G-smartfoni – Redmi K30i (yoki Redmi K30i 5G) modelini taqdim etdi. Lekin beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlovchi, narxi unikidan ham past bo‘lgan telefonni Huawei namoyish qildi.

O‘QING: Huawei’ning «begona» protsessorli ilk smartfoni AnTuTu’da qo‘lga tushdi!

Huawei Enjoy Z 5G nomini olgan yangi qurilma ayni damda dunyodagi eng arzon 5G-telefon bo‘lishdan tashqari, xitoylik gigantning o‘z ishlanmasi – Kirin chipseti qo‘llanmagan yagona 5G-smartfoni hamdir. Uni tayvanlik chipsoz – MediaTek kompaniyasining Dimensity 800 protsessori bazasida tayyorlashgan.

Smartfon displeyi 6,5 dyuymlik, tasvir aniqligi esa 2400x1800 pikselga teng. Unda kadr yangilanish chastotasi 90 gerslik, sensor qatlamining yangilanish chastotasi esa 180 gersga teng. Ekran tepasida 16 megapiksellik selfi-kamera uchun tomchisimon kemtik mavjud.

Huawei Enjoy Z 5G bosh kamerasi sun’iy idrokka va uchta modulga ega: 48 megapiksellik asosiy datchik (f/1.8), keng burchakli 8 MPlik sensor (f/2.4) hamda 2 MPlik makrokamera (f/2.4).

O‘QING: Hamyonbop 5G-smartfon – Honor X10 namoyish qilindi

Yangi smartfonning 4000 mA/soatlik akkumulyatori USB Type-C porti orqli 22,5 vattlik tezkor quvvatlana oladi. Huawei uni Android 10 operatsion tizim talqini bazasidagi EMUI 10.1 grafik qobig‘i bilan chiqargan.

Enjoy Z 5G joylashuvni aniqlash uchun GPS/GLONAS/Beidou/A-GPS moduliga, simsiz aloqaning Dual 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac hamda Bluetooth 5.1 interfeyslariga ega. Uning barmoq izi skaneri korpusning yon qirrasiga o‘rnatilgan.

Huawei bu gadjetini Dark Blue, Sakura Snow Clear Sky hamda Magic Night Black rangli korpuslarda, 1 iyundan sota boshlaydi. Tezkor/ichki xotirasi 6/64 gigabaytlik Enjoy Z 5G uchun kompaniya o‘z yurtida atigi 238 dollarga teng narx belgilagan. Xotirasi 6/128 gigabaytligi uchun 266 dollar so‘ralayotgan bo‘lsa, 8/128 gigabaytligi 308 dollar turadi.

O‘QING: Dunyodagi barcha 5G-tarmoqlar xaritasi ishga tushdi: Markaziy Osiyoda bittagina mamlakat!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!