Dunyodagi eng arzon – atigi 153 dollarlik 5G-smartfon namoyish etildi!

  •   DiMaX
  •  2025
  •  23.04.2021 09:55

Dunyodagi eng arzon – atigi 153 dollarlik 5G-smartfon namoyish etildi!

Oppo korporatsiyasining subbrendi kuni kecha Dimensity 700 protsessori, 90Hz LCD ekranga ega Realme 8 5G smartfonini taqdim etgan edi. 22 aprel kuni kompaniya beshinch avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi Realme Q3 smartfonlar turkumini chiqardi.

O‘QING: realme 8 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Mazkur seriyadagi eng arzon model Realme Q3i 5G bo‘lib, uning bazaviy konfiguratsiyadagi variantini Xitoyda hozir bor-yo‘g‘i 153 dollarga teng narxda olish mumkin. Garchi ayni damda jahondagi eng arzon 5G-telefon bo‘lsa-da, texnik jihatlari judayam past emas.

Realme Q3i 5G smartfoni MediaTek Dimensity 700 5G platformasi bazasida tayyorlangan. Uning IPS matritsali ekrani diagonaliga 6,5 dyuymlik, tasvir aniqligi 2400x1080 piksellik. Yangilanish chastotasi 90 gerslik bu displeyning yuqori chap burchagida 16 megapiksellik selfi-kamera tirqishi mavjud.

Smartfonning bosh kamerasi uchtalik: 48 megapiksellik asosiy sensor, 2 megapiksellik makromodul hamda 2 megapiksellik sahna chuqurligi datchigi. Akkumulyatorning tok sig‘imi 5000 mA/soatlik va u 18 vattlik tezkor quvvatlana oladi.

O‘QING: Qayrilma ekran, uchta kamera, Dimensity 1000+ chipiga ega realme X7 Pro Ultra chiqdi

Qurilma ikkita SIM-kartadan tashqari naq bir terabaytgacha hajmli MicroSD-karta qo‘yish mumkin bo‘lgan uyacha bilan jihozlangan.

Realme Q3i 5G korpusining qalinligi 8,5 millimetrni, vazni esa 185 grammni tashkil etadi. Unda zamonaviy USB-C porti hamda quloqchin uchun standart audiotirqish, shuningdek yon qirrasida barmoq izi skaneri mavjud.

Kompaniya ushbu qurilmasini eng so‘nggi – Android 11 operatsion tizimi ustiga qurilgan Realme UI 2.0 grafik qobig‘i bilan taqdim etgan. Smartfonning tezkor/ichki xotirasi 4/128 gigabaytlik varianti 1099 yuanga baholangan, bu esa taxminan 169 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Xotirasi 6/128 gigabaytlik Realme Q3i 5G uchun esa 1199 yuan (taxmnan 185 dollar) turadi. Lekin savdoning boshlanishida smartfon 100 yuan miqdorida chegirma bilan sotilyapti; shunda uning bazaviy varianti narxi taxminan 153 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: 2021 yil 1-chorakdagi eng zo‘r o‘nta smartfon (Master Lu reytingi)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!