Dunyodagi eng boy odam bitkoin borasidagi afsusini bildirdi

  •   DiMaX
  •  810
  •  02.02.2021 15:41

Dunyodagi eng boy odam bitkoin borasidagi afsusini bildirdi

Sayyoramizning eng badavlat kishisi, tadbirkor va ixtirochi Ilon Mask kuni kecha o‘ziningTwitter tarmog‘idagi bitta chiqishi bilan bitkoin narxini yana 5000 dollarga oshirib yuborgan edi. U endi mazkur kriptovalyutaning tez orada jahon an’anaviy moliya bozorida tan olinishini aytdi, deb yozadi Xabar.uz.

O‘QING: Boylar ham o‘ynaydi: Ilon Maskning sevimli videoo‘yinlari qaysilar?

«Ayni paytda bitkoinga munosabatim – yaxshi, deydi Mask. – Boshqa kriptovalyutalar haqida aniq fikrga ega emasman. O‘zi sakkiz yil avval bitkoin sotib olganim yaxshi edi».

Eslatib o‘tamiz, bitkoin narxi o‘tgan yil oktyabridan beri 200 foizga o‘sgan.

Milliarder dekabr oyida o‘z tvitterida Tesla kompaniyasining balansini to‘liq bitkoinga o‘tkazish mumkinmi-yo‘qligiga qiziqish bildirgan. Holbuki, bungacha u eng ommalashgan kiriptovalyutani yerga urib kelgandi.

Uzoq istiqbolda bitkoin qiymati 50 ming dollardan oshishi mumkin. «Luno» kriptobirjasi hamda «OSK» brokerlik kompaniyasi tahlilchilariga ko‘ra, yaqin 3-10 yilda bitkoin ommalashishda davom etadi va aksincha, oltin sarmoya kiritish uchun jozibadorligini yo‘qotishi mumkin ekan.

O‘QING: Ilon Mask chiplashtirgan maymun allaqachon videoo‘yin o‘ynayapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!