Dunyodagi eng boy odamdan avval boshqa milliarder koinotga chiqadi

  •   DiMaX
  •  313
  •  03.07.2021 12:34

Dunyodagi eng boy odamdan avval boshqa milliarder koinotga chiqadi

Blue Origin hamda Amazon kompaniyalari asoschisi va bosh ijrochi direktori, 57 yoshli Jeff Bezos koinotga uchinchi chiptani auksionga qo‘ygan edi va uning narxi ham aniq bo‘lgan. Sayyoramizning eng badavlat kishisi undan tashqari, fazoga yana bir odamni – Uolli Fank ismli 82 yashar amerikalik ayolni ham olib chiqishini e’lon qilgan.

O‘QING: Blue Origin asoschisi koinotga ilk chiptani begona qilmadi – ukasi bilan o‘zi uchmoqchi!

Britaniyalik milliarder Richard Brenson esa Jeff Bezosdan to‘qqiz kun oldin, 11 iyul kuni kosmik parvozni rejalashtirmoqda. Bu haqda Virgin Galactic kompaniyasining Twitter orqali bergan bayonotiga asoslanib Xabar.uz nashri ma’lum qildi.

«Parvoz va yangi kosmik asrning boshlanishiga qo‘shiling. Orqaga hisoblash boshlanadi», — deyiladi kompaniya bayonotida.

Unga Unity suborbital kemasining barcha oltita ekipaj a’zolari, shu jumladan, Brenson suratga olingan qisqa video havola qilingan.

Bezos bilan New Shepard suborbital kemasi 20 iyul kuni koinotga chiqadi.

O‘QING: O‘zga sayyoraliklar chindan bormi? Jumanazar akaga ishonish uchun 10 sabab

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!