Dunyodagi eng boylarning yangi reytingi: asosan IT-gigantlar egalari!

  •   DiMaX
  •  1277
  •  07.04.2021 11:02

Dunyodagi eng boylarning yangi reytingi: asosan IT-gigantlar egalari!

Forbes jurnali dunyoning eng boy odamlari reytingini e’lon qildi, deb yozadi Xabar.uz nashri. Ushbu ro‘yxatda hali ham Amazon asoschisi Jeff Bezos yetakchilik qilmoqda, uning boyligi bir yilda 64 milliard dollarga ko‘payib, 177 milliard dollarga yetdi.

O‘QING: Zo‘rdan zo‘r chiqdi: Ilon Mask endi dunyodagi eng boy odam emas! (BBI reytingi, 2021 yil 17 fevral)

Keyingi o‘rinni amerikalik tadbirkor – SpaceX, Tesla, Neuralink va boshqa bir nechta kompaniyalar asoschisi Ilon Mask egalladi. Bir yil ichida uning boyligi 126,4 milliard dollarga ko‘payib, 151 milliard dollarni tashkil qildi.

Seshanba kuni Tesla elektromobillar ishlab chiqaruvchisi aksiyalarining o‘sishi hisobiga biznesmenning boyligi kuniga 6 milliard dollarga ko‘paygani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Bernard Arno kuchli uchlikdan joy oldi. U Louis Vuitton va Sephora singari 70 ta brenddan iborat imperiyani boshqaradi. Tadbirkorning boyligi bir yil ichida 74 milliard dollarga ko‘payib, 150 milliard dollarga yetdi.

O‘QING: Milliarder haqida milliardlarga teng faktlar

Keyingi o‘rinlardan Microsoft hammuassisi Bill Geyts (124 milliard dollar: +26 milliard dollar), Facebook asoschisi Mark Sukerberg (97 milliard dollar: +42,3 milliard dollar), Berkshire Hathaway bosh direktori Uorren Baffet (96 milliard dollar: +28,5 milliard dollar), Oracle asoschisi Larri Ellison (93 milliard dollar: +34 milliard dollar), Google asoschilari Larri Peyj (91,5 milliard dollar: +40,6 milliard dollar) va Sergey Brin (89 milliard dollar: +39,9 milliard dollar) joy olgan.

Hindistonlik tadbirkor, Reliance Industries kengash raisi Mukesh Ambani 84,5 milliard dollar (+47,7 milliard dollar) bilan ilk o‘ntalikka yakun yasab berdi.

O‘QING: Hindistonni «Jio’lashtirish»: 1,3 milliard aholini BEPUL 4G-aloqa bilan ta’minlab, internetni 5 karra arzonlatgan milliarder!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.