Dunyodagi eng kuchli o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil may)

  •   DiMaX
  •  11618
  •  06.06.2020 10:02

Dunyodagi eng kuchli o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil may)

AnTuTu jamoasi yaqinda xitoylik foydalanuvchilarning ushbu benchmarkdagi tekshiruvlari asosida o‘rta narxli smartfonlarning TOP-o‘ntaligini e’lon qilgan edi. Endi esa may oyida butun dunyo bo‘yicha sinab ko‘rilgan hamyonbop smartfonlar orsidan kuchlilari ham ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: AnTuTu’ga ko‘ra eng kuchli Android-flagmanlar (2020 yil may)

Aprel oyi reytingi yetakchisi – Huawei kompaniyasining Nova 7i modeli bu gal 310 227 ball bilan ikkinchi o‘ringa tushib qolgan. May oyida Xiaomi korporatsiyasining Snapdragon 765G protsessorli Redmi K30 5G modeli undan o‘zib, yetakchiga aylangan – 317 540 ball. Redmi brendining yana bir vakili – Redmi Note 8 Pro smartfoni 291 785 ball bilan kuchli uchlikni yakunlagan.

Keyingi o‘rinlarni tegishlicha Realme 6 (290 700 ball), Realme 6 Pro (284437 ball), Redmi Note 9S (277489 ball), Xiaomi Mi Note 10 Pro (273013 ball), Xiaomi Mi 9T (264855 ball), Samsung Galaxy A71 (263520 ball) hamda Realme XT (235193 ball) smartfonlari egallagan.

Umumiy hisobda reytingning naq yarmini va birinchi o‘rinni Xiaomi kompaniyasining turli modellari zabt etgan. Realme brendini ham chakkimas – uning uchta qurilmasi hamyonbop smartfonlar TOP-o‘ntaligidan joy olgan. Yetakchi smartfonsozlar sanalmish Samsung hamda Huawei kompaniyalarining bittadan qurilmalari ro‘yxatga kirgan.

O‘QING: Real testda eng tezkor TOP-10 smartfonni aniqlashdi!