Dunyodagi eng mitti mini-kompyuter namoyish qilindi

  •   DiMaX
  •  1467
  •  18.04.2020 12:51

Dunyodagi eng mitti mini-kompyuter namoyish qilindi

O‘tgan yili iLife kattaligi mushtday ham chiqmaydigan, lekin 86 bitlik arxitekturali protsessorli MP8 Micro PC rusmli mini-kompyuter taqdim etgan edi. Chuwi kompaniyasi esa yangi – yanada ixcham mahsulotini olamdagi eng mitti mini-kompyuter sifatida taqdim etdi.

O‘QING: x32(x86) va x64 protsessorlari haqida bilasizmi?

Chuwi LarkBox rusumli mazkur devays yordamida videoni 4K formatiga dekodirovka qilish mumkin. Umuman olganda, bu mittivoy zamonaviy kompyuterning barcha funksiyalarini uddalay oladi.

Mini-kompyuter atigi 127 gramm tosh bosadi, o‘lchami ham shunga mos – 61x61x43 millimetrlik. Chuwi LarkBox’ni o‘zingiz bilan yo‘lga olib olish, ofisga ishga yoki xizmat safariga olib borib ishlash mumkin. Uni monitor yoki televizorning orqa paneliga qistirib qo‘ysa bas – to‘laqonli kompyuter tayyor!

Chuwi LarkBox to‘rt yadroli Intel Celeron N4100 protsessori bazasida ishlaydi, uning o‘zi UHD Graphics 600 videotezlatgichini ham o‘z ichiga oladi. Kompyuterga LPDDR4 turidagi 6 gigabaytlik «operativka» hamda 128 gigabaytlik SSD-saqlagich o‘rnatilgan. Shovqinsiz ishlovchi ventilyatori esa uni qizib ketishdan saqlaydi.

 

O‘QING: Atigi 188 dollarlik mini-kompyuter Windows, Linux va Arduino bilan ishlay oladi! (+video)

Mini-PK ikkita to‘laqonli USB-A, bittadan USB-C hamda HDMI portlariga, shuningdek, quloqchin uchun 3,5 millimetrlik audiotirqishga ham ega. Ishlab chiqaruvchi hozircha Chuwi LarkBox narxini ma’lum qilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, boshqa kompaniyalar ham o‘ta ixcham va antiqa kompyuterlar namoyish etishgan. Masalan, biz Q-Stick – 8 GB «operativka»li kompyuter-brelok haqida, shuningdek, eng mitti – 1x1 millimetrlik IBM nano-kompyuteri to‘g‘risida ham xabarlar e’lon qilganmiz. Yana dunyodagi eng mitti o‘yin noutbuki, eng mitti noutbuk-planshet kabilar haqida ma’lumotlar berganmiz. Hattoki tashrif qog‘oziga vizitkaga joylangan kompyuter ham chiqqan va juda arzon – 2,88 dollarga baholangan!

«Oxirzamon kompyuteri» hamda «Oxirzamon operatsion tizimi» haqidagi ma’lumotlardan xabaringiz bormidi?

O‘QING: Kompyuter va noutbukda ishni qulaylashtiruvchi beshta bepul dastur

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!