Dunyodagi eng ommabop fitnes-braslet qaysi ekanini bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  844
  •  13.07.2020 11:34

Dunyodagi eng ommabop fitnes-braslet qaysi ekanini bilasizmi?

Bilakka taqiluvchi devayslar – smart-soat va aqlli bilaguzuklar ham keyingi yillarda ancha ommalashgan. Ishlab chiqaruvchilar ham bunday gadjetlarning turli modellarini taqdim etishmoqda.

O‘QING: Suvdan himoyali smart-soatni atigi 16 dollardan sotishyapti, lekin u avval yanada arzon edi!

Lekin bu borada ham baribir Xiaomi sermahsul chiqdi. Kompaniyaning o‘z Twitter-sahifasida maqtanib yozishicha, uning Xiaomi Mi Band 4 (xalqaro bozorda – Mi Smart Band 4) modeli dunyodagi eng ko‘p sotilayotgan fitnes-braslet ekan. Bu ma’lumot Canalys tahlil kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, bozordagi 2019 yil uchinchi kvartalidan 2020 yil birinchi choragigacha bo‘lgan davr holatini aks ettiradi.

Xiaomi smart-bilaguzuklari chindan ham tobora yaxshi sotilib kelayotir. Dastlabki Mi Band aqlli bilaguzugidan million donasi 9 oyda sotilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkichga yetib olish uchun Mi Band 2 modeliga 2 oy kifoya qilgan. Mi Band 3 yanada ildamlab, 17 kundayoq shuncha sotilgan bo‘lsa, Mi Band 4 sotuvga chiqqanidan 8 kun o‘tiboq million milliontalik marrani zabt etgan!

Yaqinda namoyish qilingan yangi fitnes-bilaguzuk – Mi Band 5 hozircha faqat Xitoyda sotilyapti, uning global taqdimoti 15 iyulga belgilangan. Aytish kerakki, kompaniya yaqinda Mi Band 4C aqlli bilaguzugini ham namoyish etgan, yana...

O‘QING: Mi Band 5 olmay turing – yanada arzon Mi Band 5 Lite va kuchli Mi Band 5 Pro ham chiqadi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.