Dunyodagi eng ommabop smart-soatlar (2020 yilning 1-yarmi)

  •   DiMaX
  •  1830
  •  21.08.2020 10:57

Dunyodagi eng ommabop smart-soatlar (2020 yilning 1-yarmi)

Counterpoint kompaniyasi tahlilchilari joriy yilning birinchi yarmi holatiga ko‘ra aqlli soatlar bozori bo‘yicha hisobotni e’lon qilishdi. Koronavirus pandemiyasiga qaramasdan, mazkur bozor pul hisobiga ko‘ra 20 foizlik o‘sish namoyon etgan.

O‘QING: Galaxy Watch 3 namoyish qilindi: ikki versiya, ishorali boshqaruv, EKG va pulsoksimetr...

Ma’lumotga ko‘ra, 2020 yilning ilk yarmida jahon bo‘ylab jami 42 millionta smartvoch sotilgan. Mazkur gadjetlar savdosida pul hisobida Apple yetakchi ekan (bo‘lmasa-chi, uning aqlli soatlari ancha qimmat-da!). Yarim yillik smart-soatlar savdosida aylangan pulning naq 51 foizi kupertinolik korporatsiya gadjetlariga tegishli. Bir yil avval mazkur ko‘rsatkich 43,2 foizga teng bo‘lgan edi.

Ikkinchi o‘rindagi Garmin kompaniyasiga 9,4 foizlik ulush tekkan bo‘lsa, Huawei kuchli uchlikni 8,3 foizlik hissasi bilan yakunlagan. Samsung esa bu bozorda to‘rtinchi o‘rin bilangina kifoyalanishga majbur bo‘lgan – 7,2%.

Eng ommabop smart-soat modellariga keladigan bo‘lsak, undagi TOP-beshtalikka Apple Watch Series 5, Apple Watch Series 3, Huawei Watch GT2, Samsung Galaxy Watch Active 2 hamda Imoo Z3 4G rusumli smartvochlar kirgan.

O‘QING: Qaynonasini o‘ldirgan kelinni Apple Watch fosh etdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.