Dunyodagi eng qimmat 10 smartfon

Dunyodagi eng qimmat 10 smartfon

Smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning aksariyati mahsulotlarni arzonlashtirish orqali raqobatchilardan ustun kelishga intilsa, boshqalari esa aksincha hashamatni tanlashadi. Ushbu maqolada sizga eng qimmat mobil qurilmalar o‘ntaligini taqdim etamiz.

10. Vertu Signature Diamond – $88 000

9. iPhone Princess Plus – $176 000

8. Sony Ericsson’s Black Diamond – $300 000

7. Vertu Signature Cobra – $360 000

6. Gresso Luxor Las Vegas Jackpot – $1 000 000

Endi top beshlikka ham keldik. Biroz nafas rostlab oling.

Reytingning beshinchi o‘rnini Diamond Crypto Smartphone band qilgan. Ishlab chiqaruvchilar smartfonga 1,3 million dollar narx qo‘ygan. Qurilmaning asosiy jihati uning noyob ko‘k brilliantlar bilan bezatilganligidadir.

To‘rtinchi o‘rin Shveysariya ustalarining GoldVish Le Million'iga tegishli. Ushbu qurilma eng qimmat tugmachali mobil telefon hisoblanadi. Xaridor unga ega bo‘lish uchun 1,3 million dollardan voz kechishi kerak. Oldingi qurilmalar singari, GoldVish ham olmoslar bilan bezatilgan, korpusi esa oltindan ishlangan.

Uchinchi o‘rinni 2,4 million dollar qiymatga ega bo‘lgan iPhone 3G King's Button egallagan. Dastlabki ikkita smartfon singari, uning ham Uy tugmachasi 6,5 karatli brilliantdan ishlangan. Qurilma orqa tomonini esa 138 dona kichik olmoslar shodasi bezab turadi.

Ro‘yxatimizning ikkinchi o‘rinidagi qurilma 3,2 million dollar qiymatga teng. Bunisi ham Apple mahsuloti, ya’ni iPhone 3G. Uning mazkur qimmatbaho versiyasi Supreme Goldstriker nomini olgan. Qurilma korpusi 22 karatli oltindan ishlangan va ko‘plab olmoslar bilan bezatilgan, Uy tugmachasi o‘rnida esa yirik olmos joylashtirilgan. Shuningdek, korpus orqasidagi kompaniya logotipi qizil brilliantlardan ishlangan.

Mutaxassislar reytingning birinchi o‘rinini Apple'ga berishdi. Qahramonimiz iPhone 4'ning Diamond Rose maxsus versiyasi bo‘lib, uni 8 million dollarga sotib olishingiz mumkin. Devaysning bunday yuqori narxiga olmos qoplangan oltin korpus sabab. Smartfonning asosiy o‘ziga xosligi Uy tugmachasi o‘rniga joylashtirilgan 7,4 karat pushti brilliantdir.

O‘QING: 2 000 dollarlik iPhone qimmat, deysizmi? 71 520 dollarligi chiqdi! (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!