Dunyodagi eng qimmat brend nomi ma’lum bo‘ldi
Brand Directory tomonidan o‘tkazilgan yangi tadqiqot hisobotida Apple dunyodagi eng qimmat brend sifatida e’tirof etilgan.
Brand Directory Apple brendning bahosini 355,1 milliard dollarga baholagan. Shuni ta’kidlash joizki, bu baho brend katalogi tomonidan hisoblab chiqilgan va brendning bozor qiymatini aks ettirmaydi.
Top o‘ntalikdan quydagi kompaniyalar o‘rin olgan:
1 – Apple
2 – Amazon
3 – Google
4 – Microsoft
5 – Walmart
6 – Samsung Group
7 – Facebook
8 – ICBC (Industrial and Commercial Bank of China)
9 – Huawei
10 – Verizon
Apple brendi bahosi 2021 yilga nisbatan 35 foizga oshdi va bu baho barcha brendlar orasida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.