Dunyodagi eng qimmat startap

  •   Saroy
  •  1464
  •  10.05.2018 16:12

Dunyodagi eng qimmat startap

Loyiha 3 mlrd  dollarga baholangan.

Sun’iy ong sohasida dunyodagi eng qimmat startapga SenseTime  600 mln dollar jalb etdi. Kompaniya tarqatgan xabarda aytilishicha, mablag‘lar  Alibaba hamda hamda boshqa hamkorlaridan  jalb etilgan.

Kompaniya katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlay oladigan yuzni va tasvirni  bilib oladigan tizimni ishlab chiqmoqda. Bu raundda Xitoyning Alibaba kompaniyasi liderlik qilmoqda, deya ta’kidlaydi SenseTime.

2017 yil iyulda SenseTime 1,5 mlrd dollarga baholangan edi. Bloomberg tarqatgan ma’lumotlarda aytilishicha, oxirgi raundda kompaniya bahosi 3 mlrd dollargacha oshgan,  Reuters esa 4,5 mlrd dollargacha baholamoqda. 2017 yilda ham SenseTime sun’iy ong bo‘yicha eng qimmat xususiy loyiha bo‘lgandi, o‘shanda  kompaniya ushbu loyihasiga 410 mln dollar jalb etgan.

Bloomberg manbalarida aytilishicha,  kompaniya navbatdagi investraundda 4,5 mlrd dollarlik marrani egallamoqchi. SenseTime olingan mablag‘ni qo‘shimcha reallik va avtonom boshqaruv sohasidagi loyihalarga sarflamoqchi. Yana bir loyihaga Viper deb nom berilgan. U olamonni kuzatadigan platforma bo‘ladi. Mazkur platforma minglab kameradan kelayotgan ma’lumotlarni real vaqt rejimida tahlil qila oladi.