Dunyodagi eng qimmat startap Facebook va Alphabet’ga xavf solmoqda!

  •   DiMaX
  •  1340
  •  28.05.2020 16:53

Dunyodagi eng qimmat startap Facebook va Alphabet’ga xavf solmoqda!

TikTok (Xitoydagi nomi – Douyin) ilovasini taqdim etgan ByteDance dunyodagi eng qimmat startap, deya e’tirof etildi. Mazkur ilovalarni joriy yilning birinchi choragida 315 million martadan oshiq yuklab olishgan.

O‘QING: Bu ilova WhatsApp’ni taxtdan ag‘dardi!

TikTok daromad keltirishi bo‘yicha YouTube, Tinder va Netflix kabilarni ortda qoldirib ulgurgan va aprelning o‘zidayoq foydasini 10 karraga oshirib olgan.

O‘tgan yili ByteDance’ning daromadi 17 milliard dollardan, sof foydasi esa 3 milliard dollardan oshgan. Statistikaga ko‘ra, ByteDance tez o‘sishda davom etayotgan eng qimmat startapdir. Uning bultur olgan sof foydasining o‘ziyoq 2018 yildagi umumiy daromadidan ikki baravardan ko‘proqqa yuqori!

O‘QING: Mazkur tarmoqda bitta reklama 25 dona iPhone 11 Pro narxiga teng, lekin bu hali holvasi!

Chjan Imin (Zhang Yiming) rahbarligi ostidagi ByteDance yaqin orada Facebook va Alphabet singari amerikalik internet-gigantlarga raqib darajasiga o‘sib chiqadi. Joriy yilda mazkur kompaniya yangi xodimlarni ishga olish kampaniyasini boshlagan va 2020 yilning o‘zidayoq 40 ming nafar yangi xodim olishni rejalashtirgan. Ko‘plab texnologik kompaniyalar koronavirus pandemiyasi sharoitida o‘z xodimlarini ishdan bo‘shatayotgan bo‘lsa, ByteDance buning aksini qilyapti. U xodimlar soni bo‘yicha Alibaba Group Holding bilan tenglashishdan umidvor.

Shu bilan birga, ByteDance chetdan sarmoya olishga ham shoshilmayapti. Hisob-kitoblarga qaraganda, kompaniyaning qo‘lida hozir 6 milliard dollardan oshiq naqd pul mavjud.

O‘QING: TikTok’ning endi keragi yo‘q – undagi ajoyibotlar Instagram’ga ham qo‘shildi! (+videolar)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!