Dunyodagi eng qudratli o‘nta smartfon (AnTuTu global reytingi, 2020 yil iyun)

  •   DiMaX
  •  2139
  •  08.07.2020 10:02

Dunyodagi eng qudratli o‘nta smartfon (AnTuTu global reytingi, 2020 yil iyun)

Kuni kecha AnTuTu benchmarkiga ko‘ra Android-smartfonlarning samaradorligi bo‘yicha navbatdagi reytingini e’lon qilgandik. Unda 2020 yilning iyuni davomida xitoylik foydalanuvchilarning ushbu servisdagi tekshiruvlari asosidagi natijalar chiqarilgan.

O‘QING: Hali chiqmagan Snapdragon 865 Plus flagman protsessori ilk bor AnTuTu’da imtihon topshirdi!

Benchmark endi butun dunyodagi foydalanuvchilarning tekshiruvlariga asoslangan – global reytingni ham taqdim etdi. Mart oyidan buyon xitoycha reytingda birinchi o‘rinni qo‘ldan bermay kelayotgan Oppo kompaniyasining Find X2 Pro flagmani bu oyda 609 045 ball bilan global miqyosda ham liderlikka erishgan.

Kuchlilar uchligidan yana 597 053 ball bilan OnePlus 8 Pro hamda 587 493 ballik ko‘rsatkich bilan Redmi K30 Pro ham kirgan.

Apreldagi global reyting yetakchisi – Mi 10 Pro may oyida ham barchadan ustun kelgan edi. Buni qarangki, Xiaomi korporatsiyasining ushbu mahsuloti bu gal uning arzonchi Redmi brendi flagmanidan pastroq – 584 652 ball bilan to‘rtinchi o‘ringa tushib qolgan.

O‘QING: Redmi K30 Pro olgan yaxshimi yoki Xiaomi Mi 10 Pro? «Jonli» videoda taqqoslaymiz!

Beshinchidan o‘ninchigacha bo‘lgan o‘rinlarni tegishlicha iQOO 3 8/128 GB (580 530), One Plus 8 8/128 GB (576 086), Poco F2 Pro 8/256 GB (572 967), Xiaomi Mi 10 8/256 GB (568 646), Samsung Galaxy S20 Ultra 5G 12/128 GB (516 823) hamda Samsung Galaxy S20+ 5G 12/128 GB (514 929) modellari band etgan.

Aytish kerakki, iyun oyining global reytingi oxiridagi ikkita flagman Samsung korporatsiyasining Exynos 990 protsessoriga tayangan. Kuchli o‘ntalikdagi qolgan barcha smartfonlar esa Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 865 platformasi bazasida ishlaydi.

O‘QING: Snapdragon 865+ va 16 GB «operativka»li bu geymerofon AnTuTu’da jahon rekordini yangiladi! (+ ilk «jonli» rasmlar)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!