Dunyodagi eng qudratli smartfon endi Lite-versiyada chiqyapti

  •   DiMaX
  •  1608
  •  07.04.2020 12:13

Dunyodagi eng qudratli smartfon endi Lite-versiyada chiqyapti

Bundan bir oy avval Oppo kompaniyasi Find X2 hamda Find X2 Pro flagmanlarini taqdim etgan edi. AnTuTu servisining mart oyidagi eng qudratli smartfonlar reytingida ularning Pro-versiyasi 606 389 ball bilan barcha raqiblarini «yer tishlatgan». Bundan tashqari, u...

O‘QING: Xitoyliklar Geekbench 5'da yangi rekord qo‘ydi

 OPPO bu bilan cheklanib qolmasdan, Find X2 smartfonini nisbatan hamyonbop Lite-versiyada ham tayyorladi. Insayderlarga ko‘ra, OPPO Find X2 Lite rusumli mazkur telefon tashqi ko‘rinishi taqdimotidan bir hafta o‘tiboq eng ommabop smartfonlar reytingiga kirgan OPPO F15 modeliga o‘xshash.

Find X2 Lite keng formatli – 6.4 dyuymlik ekranga ega; AMOLED-matritsali displeyning tasvir aniqligi FHD+ formatida. Ekranning pastki qismida kattaroq rom, qolgan tomonlarida yupqa hoshiya mavjud, yuqori qismi o‘rtasida selfi-kamera uchun tomchisimon kemtik bor.

Smartfonning 4025 mA/soatlik akkumulyatori 30 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlanadi. Bosh kamerasi 48 + 8 + 2 + 2 megapiksellik to‘rtta, old kamerasi esa 32 megapiksellik yakka sensorga ega. Qiziq, u ham DxOMark’da rekord o‘rnata olarmikan?

O‘QING: DxOMark taxtiga – Xiaomi Mi 10 Pro yoniga atigi 48 MPlik kamera bilan kim chiqib oldi?

Bundan tashqari, Find X2 Lite samaradorligiga 7 nanometrlik texnik jarayon asosida tayyorlangan Snapdragon 765G protsessori javobgar; mazkur chipsetning jamlanmasiga 5G-modem ham kiradi. Find X2 Lite tezkor xotirasi 8, doimiysi esa 128 gigabaytlik hajmga ega.

Smartfon zamonaviy Wi-Fi 6 hamda NFC modullari, 3,5 millimetrlik standart quloqchin tirqishi bilan ta’minlangan. OPPO uni biryo‘la ColorOS 7 grafik qobig‘i ostidagi Android 10 operatsion tizim talqini bilan chiqaradi.

OPPO Find X2 Lite yaqin orada taqdim etilishi kutilmoqda, Yevropada uning narxi 500 yevro atrofida bo‘ladi.

O‘QING: Kutilmagan rekord: 64 GB «operativka»li ilk smartfonni ishlayotgan holida «jonli» ko‘ramiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!