Dunyodagi eng sig‘imdor – 13 terabaytli SSD xotira qurilmasi yaratildi

Dunyodagi eng sig‘imdor – 13 terabaytli SSD xotira qurilmasi yaratildi

So‘nggi innovatsiyalar bir vaqtlar texnologiya olamida ko‘p muhokama qilingan SSD disklarning sig‘imi bilan bog‘liq muammolarga barham berdi. Dasturiy va operatsion tizimlari, axborot texnologiyalari xizmatlari bilan tanilgan Yaponiyaning Fixstars kompaniyasi 14 yanvar kuni SSD-13000M nomli 13 hamda 10TB sig‘imga ega, ko‘p protsessorli high-end turidagi serverlarga mo‘ljallangan qattiq disklarni namoyish qildi.

SD-13000M va SSD-10000M xotira qurilmasi  metall korpusga ega, 100x70x15 mm hajmda bo‘lib, og‘irli 160 gramm. Diskning har ikkala modelida MLC NAND turidagi 15 nanometrli flesh-xotiradan foydalanilgan.

Disk sekundiga 580 MB hajmdagi ma’lumotlarni uzatadi va o‘qiydi, ma’lumotlarni yozish tezligi esa 520 MB/s. Uni PK kompyuterlariga o‘rnatish uchun SATA 6 GB interfeysi talab etiladi.

Fixstars kompaniyasi SD-13000M SSD turidagi eng katta sig‘imga ega diskligini aytmoqda. Fixstars rahbari Satoshi Mikining ma’lum qilishicha, SSD-13000M diski ma’lumotlarni uzoq vaqt davomida o‘qish va yozishda yuqori barqarorlikni ta’minlaydi.

HDD ва SSD дисклари

SSD’ning haroratni nazorat qilish tizimi diskning qizishi bilan bog‘liq nosozliklarning oldini oladi. Shuningdek, bu turdagi disklar boshqalariga qaraganda 3 marotaba uzoqroq faoliyat ko‘rsatadi. Tasavvur hosil qilishingiz uchun aytish joizki, 13 terabayt ma’lumotni DVD disklarga yozish uchun taxminan 2,8 mingta qattiq disk kerak bo‘ladi.

Ammo disk bilan bog‘liq eng katta muammo, bu – uning narxi. Shuning uchun uni kamdan-kam oddiy foydalanuvchi sotib oladi. Bu kabi disklar asosan katta hajmli video va tasvir shaklidagi ma’lumotlar bilan ishlaydiganlar uchun ayni muddao.

Fixstars vakilining ma’lumot berishicha, SSD-13000M diskining narxi yetkazib berish xarajatlari bilan birga 13,000 AQSh dollarini tashkil qiladi. Hozir kompaniya mahsulotlarga buyurtma qabul qilishni boshlagan. Kompaniyaning bu mahsulotlariga beradigan kafolat muddati 3 yil.

Bugun jahon miqyosida asosan 512GB va 1TB sig‘imli, 175-360 AQSh dollari turadigan SSD xotira qurilmalari ommalashgan. SSD turidagi Transcend SSD370S, Crucial MX200, Samsung SSD 850 Evo, SanDisk Extreme Pro kabi modellar ommabop hisoblanadi.

Kompyuterning mikrochiplarga asoslangan ma’lumotlar saqlanadigan nomexanik xotira qurilmasi, qattiq diskning yana bir turidir. Unda mexanik harakatlanuvchi qismlar o‘rniga mikrosxemalar bo‘lgani bois o‘zidan shovqin chiqarmaydi.

SSD xotira qurilmasi kompyuter qurilmalari faoliyatining barqarorligi, tezkorligini va shovqin chiqarmasiligini, kam elektr iste’molini ta’minlaydi. U fayllarni tezkor o‘qish va yozish xususiyatiga ega. Boshqa qattiq disklarga qaraganda ixcham va yengil.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.