Dunyodagi eng tezkor grafik karta shu yerda!

Dunyodagi eng tezkor grafik karta shu yerda!

Kecha, 29-mart kuni Nvidia kompaniyasi o‘zining dunyodagi eng tezkor GeForce RTX 3090 Ti grafik kartasini taqdim qildi. Eng talabchan geymerlar, kontent yaratuvchilar va ma’lumotlar bo‘yicha olimlar uchun mo‘ljallangan GeForce RTX 3090 Ti rekord darajadagi 10 752 CUDA yadrosiga va 78 RT-TFLOP, 40 Shader-TFLOP va 320 Tensor-TFLOP quvvatiga ega. Shuningdek u 24 Gb tezkor 21 Gbit/s GDDR6X xotirasi bilan jihozlangan.

O‘zining shu va boshqa super tezlik xususiyatlari bilan GeForce RTX 3090 Ti o‘yin o‘ynashda dunyodagi eng tezkor grafik karta hisoblanib, GeForce RTX 2080 Ti'dan 60% va TITAN RTX'dan 55% tezroq ishlaydi.

Blender, Maya yoki Cinema4D kabi ilovalar ichidagi yirik loyihalar uchun yuqori aniqlikdagi teksturalar va modellar bilan ishlaydigan dasturchilar, CG animatorlari uchun ham GeForce RTX 3090 Ti aynan kutilgan GPU bo‘la oladi.

GeForce RTX 3090 Ti narxi 1999 dollardan boshlab ASUS, Colorful, EVGA, Gainward, Galax, Gigabyte, INNO3D, MSI, Palit, PNY va Zotac kabi provayderlaridan xarid qilish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Tezkor quvvatlash texnologiyasi smartfonda kichikroq hajmdagi akkumulyator bo‘lishiga sabab bo‘’ladimi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!