Dunyodagi eng xavfli noutbuk auksionga qo‘yildi: boshlang‘ich narxi million dollardan oshiq!

  •   DiMaX
  •  2755
  •  23.05.2019 11:47

Dunyodagi eng xavfli noutbuk auksionga qo‘yildi: boshlang‘ich narxi million dollardan oshiq!

2008 yili ishlab chiqarilgan, Windows XP boshqaruvi ostidagi, ekrani 10 dyuymlik Samsung noutbuki internetdagi maxsus kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Auksionda faqat shu lot taklif etilmoqda, jamlanmaga uning quvvatlash kabeli ham kiradi, lekin narxi...

O‘QING: Windows 7 hamda Windows XP’da jiddiy xavf bor – tezda yangilab oling!

Sotuvchi sifatida rassom Guo O Dong hamda kiberxavfsizlik bilan shug‘ullanuvchi Deep Instinct kompaniyasi qayd etilgan. Tavsifida yozilishicha, noutbuk internetdan va boshqa texnikalardan izolyasiya qilingan. Eng qizig‘i – mazkur eski noutbukning boshlang‘ich narxi naq 1 130 500 AQSh dollariga teng!

Xo‘sh, nega buncha qimmat, deya qiziqyapsizmi? Gap shundaki, unga eng xavfli oltita kompyuter virusi o‘rnatilgan. Mazkur ziyonkor dasturlar insoniyatga jami 95 milliard dollarlik zarar keltirgan:

  1. ILOVEYOU – elektron pochta va fayl almashish servislari orqali tarqaluvchi virus bo‘lib, 500 mingdan oshiq kompyuterga tushgan va 15 milliard dollarlik ziyon yetkazgan.
  2. MyDoom – kompyuterlarga tushuvchi spamer-qurt; rossiyalik xakerlar yaratgani gumon qilinayotgan bu virus 38 milliard dollar zarar bergan.
  3. SoBig – pochta orqali o‘zini jo‘natuvchi, fayllarni nusxalovchi va boshqa dasturlarni ishdan chiqaruvchi virus; 37 milliardlik ziyon keltirgan.
  4. WannaCry – ikki yil avval 150 mamlakatdagi (jumladan, O‘zbekistondagi) 200 mingdan oshiq kompyuterlarga tushib, 100 million dollarlik zarar keltirgan.
  5. DarkTequila – hatto internetsiz ham bank va korporativ ma’lumotlarni o‘g‘irlay oluvchi virus bo‘lib, ko‘plab kompaniyalarga millionlab dollar ziyon yetkazgan.
  6. BlackEnergy – 2015 yilning qishida Ukrainada keng ko‘lamda elektr tarmoqlarining uzilishiga olib kelgan kiberhujumda qo‘llangan.

Sotuvchining ta’kidlashicha, ushbu eng xavfli noutbuk san’at asari sifatida savdoga qo‘yilmoqda. Zero, AQShda ziyonkor dasturiy ta’minot mahsulotlarini tarqatish taqiqlangan.

Ushbu auksionga qiziqsangiz, mana bu havola orqali maxsus saytda kuzatib borishingiz mumkin – unda ikkita kamera orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya olib borilmoqda.

Hech qanaqa virusi bo‘lmagan, yap-yangi noutbuklarni esa 2 119 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda sotib olish mumkin.

O‘QING: Windows’ni fleshkaning o‘ziga o‘rnatib olib, istalgan kompyuterda ishga tushiramiz!