Dunyodagi eng yirik operator navbatdagi Redmi flagmanining nomi va ilk suratini ko‘rsatdi

  •   DiMaX
  •  1238
  •  16.10.2020 10:07

Dunyodagi eng yirik operator navbatdagi Redmi flagmanining nomi va ilk suratini ko‘rsatdi

Yevropa bozoriga Xiaomi yaqinda taqdim etgan flagmanlar – Mi 10T hamda Mi 10T Pro modellari endi tegishlicha Redmi K30T va Redmi K30T Pro nomlari bilan chiqishi aytilgan edi. Keyin esa ishonchli insayder Snapdragon 865 protsessorli bu smartfonlarning boshqacha atalishi haqida xabar berdi.

O‘QING: 150 dollarlik Redmi Note 10 – arzonlashtirilgan Xiaomi flagmanining yaxshilangan versiyasi!

Dunyoda eng yirik uyali aloqa operatori sanalmish China Mobile kompaniyasi kecha – 15 oktyabr kuni o‘sha insayderning xabarini tasdiqladi. Operator bu smartfonning Redmi K30S deb nomlanishini tasdiqlabgina qolmasdan, uning birinchi rasmini ham e’lon qildi:

Redmi K30S taqdimoti yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi va Redmi uni o‘z yurtida har yili 11 noyabr (11.11) sanasida o‘tkaziladigan «Bo‘ydoqlar kuni» – chegirmalar pallasigacha bozorga chiqarishi kutilmoqda. Shuningdek, yanada ilg‘or flagman – 108 megapiksellik bosh kamerali Redmi K30S Pro ham taqdim etilishi kerak.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlariga 18 oktyabrgacha chegirma va sovg‘alar bor!

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha Xitoyda mazkur turkumda Redmi K30, Redmi K30 Pro, Redmi K30i, Redmi K30 4G, Redmi K30 Pro Zoom Edition hamda Redmi K30 5G Extreme Edition modellari sotuvga chiqqan.

Redmi K30S va Bu ikki smartfon tegishlicha Xiaomi Mi 10T hamda Mi 10T Pro flagmanlarining mahalliy bozorga mo‘ljallangan versiyasi bo‘ladi. Shu bois, ularning texnik xususiyatlari ma’lum, ularni va rasmiy videoni mana bu xabarimizda ko‘rib chiqishingiz mumkin. Xitoydan keyin ular boshqa Osiyo mamlakatlarida ham sotila boshlasa ajabmas

 Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Global bozordagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga jami 76 ta barqaror MIUI 12 proshivkalari chiqdi (to‘liq ro‘yxat)