Dunyodagi eng zo'r ishlaydigan top 10 Android smartfonlar (global ro'yxat)

Dunyodagi eng zo'r ishlaydigan top 10 Android smartfonlar (global ro'yxat)

Smartfonlarning ishlashini baholashda eng ko'p ishlatiladigan AnTuTu platformasi jamoasi joriy yilning aprel oyiga ko'ra eng yaxshi ishlaydigan dunyodagi top 10 Android smartfonlar ro'yxatini e'lon qildi.

Bilamizki, smartfonlarning ishlashi asosan ularning chipsetlari bilan bog'liq va bu borada Qualcomm'ning Snapdragon'lari o'z ishining ustasi hisoblanadi. Odatda biz eng yaxshi ishlaydigan flagmanlar ro'yxatida hech bo'lmasa Snapdragon chipsetli smartfonlar ichra bitta yoki ikkita Dimensity chipsetlilarini ko'rar edik. Biroq bu safar Qualcomm chipseti Dimensity'ga imkon bermagan ko'rinadi, ro'yxat Snapdragon chipsetli flagmanlar bilan to'la. Ta'kidlash joizki, MediaTek endigina o'zining Dimensity 9200+ chipsetini chiqardi va ehtimol, uni keyingi oy reytinglarida ko'ramiz. O'tgan aprel oyi ro'yxati esa quyidagicha.

Foto: AnTuTu

ROG Phone 7 Pro (yoxud Ultimate) smartfoni o'tgan oy o'rtalarida taqdim qilinishi bilanoq AnTuTu reytinggida global smartfonlar bozorining eng yaxshi ishlaydigan smartfoni deb tan olindi. Aytish kerakki, bu hayratlanarli emas, chunki Asus kompaniyasi tomonidan taqdim qilib kelinayotgan ushbu ROG smartfonlari asosan geymingga qaratilgan bo'lib, ular har doim eng yuqori texnologiyalar bilan jihozlanib kelinadi.

Faxrli ikkinchi o'rin yana bir geyming smartfoni, Nubia joriy yil boshida taqdim qilgan Red Magic 8 Pro+ tomonidan egallagan. U ham ROG flagmani kabi Snapdragon 8 Gen 2 chipseti, 16 GB RAM va 512 GB xotira bilan ta'minlangan edi.

Top uchlik Xiaomi'ning o'tgan yili ilk marta Xitoyda taqdim qilingan, 2023-yilga kelib esa global bozorga chiqarilgan Xiaomi 13 seriyasidagi Pro model bilan yakunlanadi. Unga o'zining ukasi, Xiaomi 13 modeli to'rtinchi o'rinda ergashadi.

iQOO 11 smartfoni 16 GB operativ xotirasi bilan top beshlikka ilashib qolishga muvaffaq bo'lgan bo'lsa, Samsung kompaniyasining bu yilgi uch mushketyorlari Galaxy S23 Ultra boshchiligida birin-ketin oltinchi, yettinchi (Galaxy S23+) va sakkizinchi (Galaxy S23) o'rinlarni band qilishgan.

OnePlus'ning bitta-yu bitta flagmani – OnePlus 11 to'qqizinchi, Honor'ning bu yilgi eng zo'r kamerafoni – Magic 5 Pro o'ninchi o'rinni egallagan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!