Dunyodagi eng zo‘r o‘nta smartfon («Roskachestvo» reytingi, 2020 yil sentyabr)

  •   DiMaX
  •  6192
  •  18.09.2020 16:04

Dunyodagi eng zo‘r o‘nta smartfon («Roskachestvo» reytingi, 2020 yil sentyabr)

Rossiya Federatsiyasining sifat nazoratiga ixtisoslashgan «Roskachestvo» tashkiloti 2020 yilning sentyabrigacha sotuvga chiqarilgan smartfonlar reytingini yangiladi. Buning uchun kompaniya turli brendlarning 14 ta rusumdagi eng ommabop telefonlarini maxsus laboratoriya tekshiruvlari orqali sinab ko‘rgan.

O‘QING: O‘z narxini ko‘p yo‘qotmaydigan smartfonlar reytingi: iPhone 11 atigi 9-o‘rinda!

Tanlab olingan 14 modeldagi smartfon bir xilda, laboratoriya sharoitlarida naq 231 parametr bo‘yicha tekshirilgan. Ularni tekshirish usullari va tadqiqotning boshqa tafsilotlari bilan «Roskachestvo» saytida tanishish mumkin. Qurilmalarning yakuniy bahosiga esa ularning funksionalligi, ishonchliligi va narxi ham ta’sir qilgan.

Shunday qilib, hozirgacha bozorga chiqqan smartfonlarning TOP-o‘ntaligi va ularning besh ballik shkala bo‘yicha olgan baholari quyidagicha:

  1. Samsung Galaxy S10+ — 4,03 ball
  2. iPhone 11 Pro Max — 4 ball
  3. Samsung Galaxy Note 20 Ultra 5G — 4 ball
  4. Samsung Galaxy S10 — 3,93 ball
  5. OnePlus 8 Pro — 3,9 ball
  6. Samsung Galaxy Note 9 — 3,88 ball
  7. Samsung Galaxy S20 — 3,88 ball
  8. Samsung Galaxy Note 20 — 3,87 ball
  9. Samsung Galaxy S20 Ultra 5G — 3,86 ball
  10. OnePlus 8 — 3,86 ball

E’tibor bergan bo‘lsangiz, reyting yetakchisi Samsung kompaniyasining o‘tgan yilgi Galaxy S10+ flagmani bo‘lgan. Uning eng so‘nggi va eng kuchli Galaxy Note 20 Ultra modeli esa atigi uchinchi o‘rinni ola bilgan. Lekin ro‘yxatda eng ko‘p – naq yettita qatorini shu kompaniya vakillari zabt etganiga qoyil qolmay iloj yo‘q!

O‘QING: Master Lu reytingida Galaxy Note 20 Ultra arzon smartfonlarga ham yengildi, g‘olib esa Xitoydan!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!