Dunyodagi ilk 240 Vt tezlikda zaryadlanadigan smartfon qachon taqdim qilinishi ma'lum bo'ldi

Dunyodagi ilk 240 Vt tezlikda zaryadlanadigan smartfon qachon taqdim qilinishi ma'lum bo'ldi

Ko'pchiligimizga smartfon quvvati to'lib olishini kutish holatlari juda tanish, ya'ni ularni quvvatlash uchun ketadigan bir necha soat vaqt ham ko'plik qiladigandek go'yo. Qurilmani tuni bilan zaryadlanishda qoldirish esa qaysidir tomondan zararli jihatlarga ega va bu yechim bo'la olmaydi. Hayriyatki, smartfon ishlab chiqaruvchilari o'z telefonlarining quvvatlanish vaqtini yangi texnologiyalar bilan kundan-kunga qisqartirib kelishmoqda. Xiaomi o'tgan yili taqdim qilgan Redmi Note 12 seriyasidagi smartfon o'zining 210 Vt tezlikda zaryadlanishi bilan iQOO brendining iQOO 11 smartfonini (200 Vt) ortda qoldirdi. Biroq, Xiaomi smartfoni rekordni uzoq vaqt ushlab turolmaydigan ko'rinadi. Tez kunda uning o'rnini yangi Realme smartfoni egallanadi.

Joriy yil boshida Realme kompaniyasi o'zining GT Neo 5 smartfonini fevral oyida chiqarishini e'lon qilgan edi. Qizig'i shundaki, bo'lajak smartfon misli ko'rinmagan quvvatlanish tezligi – 240 vattni qo'llab-quvvatlaydi.

Yo'q, siz hech narsani o'tkazib yubormadingiz. So'nggi marta Realme GT Neo 3 smartfonlarini chiqargan edi. GT Neo 5 chiqarilishi tasdiqlanishi bilan kompaniya 4-seriyani tashlab ketayotganligini ko'rish mumkin. Bunga sabab "4" raqami Xitoyda "omadsiz" hisoblanadi, chunki u "o'lim" so'ziga o'xshab ketadi.

Ma'lum bo'lishicha, Realme GT Neo 5 ikki xil batareya variantida taklif qilinadi: biri 4,600 mA/soat batareya bilan 240 Vt zaryadlanish tezligiga ega bo'lsa, ikkinchisi 5,000 mA/soat batareya bilan 150 Vt tezkor quvvatlanishga ega bo'ladi. Shuningdek, ular tashqi ko'rinishi biroz farq qilishi mumkin, lekin texnik xususiyatlar borasida o'zgarishlar bo'lmasligi aytilmoqda.

Realme GT Neo 5 haqida tarqatilgan avvalgi ma'lumotlarga ko'ra, smartfon Snapdragon 8+ Gen 1 chipsetida 8GB/12GB/16GB operativ va 128GB/256GB/512GB/1TB doimiy xotira bilan Android 13'ga asoslangan Realme UI 4.0 operatsion tizimida ishlaydi. Uning 6.74 dyuym va 2772×1240 rezolyutsiyali OLED displeyi 144 gerts yangilanish tezligiga ega. Kameralar borasida qurilma 50MP asosiy, 8MP ultra-keng va 2MP makro, hamda, 16 MP old kamera bilan jihozlangan bo'ladi.

Realme vitse-prezidenti GT Neo 5 smartfonining 240 Vt zaryadlanishi tezligi haqida

Realme vitse-prezidenti Syuy Qi o'zining Weibo sahifasida shunday savolni o'rtaga tashladi: "Telefonning batareyasi to'satdan tugab qoldi, bir soatlik "Hurricane"ni onlayn tomosha qilishni qo'llab-quvvatlash uchun Neo 5 smartfonini zaryad qilish uchun qancha vaqt ketadi?" Javob sizni hayratga solishi aniq: 30 soniya

Realme GT Neo 5 smartfoni rasman 9-fevral kuni Xitoyda taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Nothing'ning ikkinchi smartfoni Amerikada taqdim qilinadi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!