Dunyodagi ilk 5G smartfoni namoyish etildi

  •   Saroy
  •  1681
  •  03.08.2018 17:57

Dunyodagi ilk 5G smartfoni namoyish etildi

Motorola o‘zining 2018 yildagi yangi flagmani Moto Z3 modelini namoyish etdi. Apparat shu oyning oxirida AQSh bozoriga chiqariladi. Boshqa bozorlarga qachon chiqarilishi haqida hozircha ma’lum qilinmadi. Moto Z3, dunyodagi birinchi  5G smartfoni bo‘lishi mumkin, chunki modelning  5G’ga yangilanishi kelasi yil  Verizon’ning beshinchi avlod tarmog‘i ishga tushirilishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘QING:Motorola One Power bozorda o‘z o‘rnini topishga hozirlik ko‘rmoqda

Moto Z3 oynali korpusga, katta 6-dyuymli ikki tomondan kichik romli   AMOLED-displeyiga  ega bo‘ladi. U qo‘sh kamera, va barmoq izlari skaneri bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, orqa panelda Moto Mods moduli uchun kemtik joy ham qoldirilgan. Qurilma shuningdek,  eski modelni ham,  Qualcomm modemi bilan yangi  5G modulini ham qo‘llab quvvatlaydi.

Shuncha narsaga qaramay, Moto Z3’ni 2017 yilning flagmani deb atasa bo‘ladi. Model  Qualcomm Snapdragon 835 chipi bilan ta’minlangan, 4 GB OZU va 64 GB ichki xotiraga ega. Asosiy kamerasi moduli 12 + 12 Mp kombinatsiyasiga ega, selfi uchun esa 8 Mp bilan ta’minlangan kamera ko‘zda tutilgan. Smartfon 3000 mAch sig‘imli batareya bilan ta’minlandi. Hozirda gadjet Android Oreoda ishlaydi, keyinroq yangilangan Android P gacha o‘tadi.

AQShda qurilma 16 avgustdan sotila boshlaydi. Narxi 480 dollar. Ekspertlarning fikricha, qurilma maqbul narxda. Albatta, bu narx Moto Mod 5G’ni o‘zida ifoda etmagan, qolaversa uning narxi hali e’lon ham qilingani yo‘q.

O‘QING:Moto Z3 Play versiyasi ancha kuchaytirildi, rangi ham o‘zgardi

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!