Dunyodagi ilk teplovizorli smartfon ishlab chiqarildi

Dunyodagi ilk teplovizorli smartfon ishlab chiqarildi

Caterpillar kompaniyasi teplovizor o‘rnatilgan dunyodagi ilk smartfonni ishlab chiqardi. The Verge xabariga ko‘ra, yaxshigina himoyalangan gadjet boshqa bir qator xususiyatlari bilan ham kishida ajoyib taassurot uyg‘otadi.

Caterpillar S60 smartfoni namlikdan himoyalovchi qobiq bilan ta’minlangan. Qurilma suv ostida besh metrgacha chuqurlikda bir soat davomida ishlash salohiyatini yo‘qotmagan holda turishi mumkin.

Smartfonning texnik xususiyatlari ham yetarli darajada yuqori: uskunaga yangi Snapdragon 617 chiplari o‘rnatilgan bo‘lib, 3Gb tezkor va 32 Gb doimiy xotiraga ega. Old kamerasining sig‘imi 13 Mp bo‘lsa, old kamerasi 5 Mp sig‘imdagi suratlarni tasvirga olishi mumkin. 4,7 dyuymli Caterpillar S60 ekrani Gorilla Glass 4 shishasi bilan himoyalangan.

Caterpillar S60 smartfoniga o‘rnatilgan teplovizor issiqlik kameralari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi FLIR Systems kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan.

Caterpillar S60 smartfonida teplovizor nafaqat real vaqt rejimida suratga oladi, balki u videotasvirga tushirish imkoniyatiga ham ega. Tasvirlar esa VGA formatida olingani boim surat yoki video sig‘imida cheklov mavjud: 640 x 480 nuqtacha.

Teplovizorli ilk smartfonning qachon savdoga chiqarilishi hozircha noma’lum. Biroq uning narxi 599 dollar ekani xabar qilinmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.