Dunyoning eng arzon smartfoni 2 kunda 73.5 million dona sotildi

Dunyoning eng arzon smartfoni 2 kunda 73.5 million dona sotildi

 

18 fevral kuni Hindistonning Ringing Bells kompaniyasi tomonidan hindistonliklar uchun dunyoning eng arzon – 3.65 AQSh dollari turadigan Freedom 251 smartfoniga onlayn buyurtma qabul qilish boshlangan edi.

Kompaniya bugun ushbu gadjetni sotib olish istagida bo‘lgan 73.5 million kishi buyurtma berganini, buyurtma olish 20 fevral kuni soat 11:00 da muddatidan avval tugatilganini ma’lum qildi. Arzon gadjetni olish istagida bo‘lgan xaridorlar onlayn buyurtma to‘xtatilganidan keyin kompaniya binosi oldida to‘planishgan.

2016 yilda 73.5 million dona smartfonni egalariga apreldan boshlab yetkazib beriladi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, buyurtma berganlarning 30 ming nafari to‘lovni oldindan amalga oshirgan.

19 fevral kuni huquqni muhofaza qilish va soliq boshqarmasi vakillari kompaniyada surishtiruv o‘tkazishgan. Aksariyat siyosatchi va amaldorlar kompaniyani tovlamachilikda ayblashmoqda.

Hindiston Mobil aloqa assotsiatsiyasi ham mamlakat Telekommunikatsiya vazirligiga yozgan xatida qurilmaning bu qadar arzonligi shubhali ekanligini bayon qilgan.

“Bu smartfonning bozordagi haqiqiy bahosi 1719 rupiya (25 AQSh dollari). Maqsadim foyda ko‘rish emas. Mening asosiy maqsadim – Hindistonning smartfon tutmaydigan 70 % mobil aloqa foydalanuvchilariga ham zamonaviy gadjetlardan foydalanish imkoniyatini berish,” deydi kompaniya asoschisi Kumar Goel.

Kompaniya Hindiston bo‘ylab smartfon ishlab chiqaruvchi 20 ta fabrikani ishga tushirishni reja qilgan. Shuningdek, kompaniya rahbari 450 ming nafar hindistonlikni ish bilan ta’minlashga va’da bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, 3G aloqa tarmog‘ida foydalanishga mo‘ljallangan gadjet Android Lollipop 5.1 operatsion tizimida ishlaydi. U 4 dyuymli qHD IPS turidagi displey, 1.3 Ggs chastotada ishlaydigan 8 yadroli protsessor, 1GB tezkor xotira, 8GB ichki va 32GB tashqi xotira kartalari, 3.2MP bosh va 0.3MP old kamera, 1450 mAs elektr sig‘imi mavjud quvvat toshiga ega.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!