Dunyoning eng boy odami kompaniyasi bankrot bo‘lishini bashorat qildi

Dunyoning eng boy odami kompaniyasi bankrot bo‘lishini bashorat qildi

Amazon rahbari va amaldagi dunyoning eng boy odami Jeff Bezos xodimlari mijozlari haqida ko‘proq o‘ylamasa kompaniyasi bankrot bo‘lishini bashorat qilgan. Bu haqda “O Biznese” yozmoqda.

Jeff Bezos ushbu fikrlarini Amazon yangi bosh qarorgohining ochilish marosimidan bir necha kun oldin xodimlari bilan uchrashuvda aytgan.

– Hozir Amazon omadsizlikka uchramaydi. Ammo shuni oldindan aytolamanki, qachondir bu hodisa sodir bo‘ladi. Amazon bankrot bo‘ladi! Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, katta kompaniyalarning umri 30 yoshdan 100 yoshgacha,– deydi Jeff Bezos.

O‘QING: “Dunyoning eng boy kishisi” qanday boyigan?

Bezos ayni damda hodimlari kompaniyaning “umri”ni uzaytirishi mumkinligini, buning uchun esa mijozlar talabini qondirish, ularga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish kerakligini ta’kidlab o‘tgan.

– Agar biz mijozlarga emas o‘zimizga ko‘p e’tibor beradigan bo‘lsak, bizning “oxirgi kunimiz” yaqinlashib boraveradi. Iloji boricha biz bu “kun”ni uzoqlashtirishimiz kerak,– deydi Amazon rahbari.

Seshanba kuni Amazon o‘zining yangi shtab-kvartirasini ikkita joyda  Nyu-York va Virjiniya shtatida joylashtirilishini ma’lum qilgan edi. Nyu-York meri Bill de Blasio korporatsiya kelishi shahar xazinasiga 13,5 milliard dollar soliq daromadlarini olib kelishini yashirmagan.

O‘QING: 2018 yil holatida 5 ta eng boy IT-kompaniyalar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.