Dunyoning eng boy odami va uning sobiq rafiqasi bir haftada $12 mlrd.ga boyidi

  •   DiMaX
  •  577
  •  12.10.2020 13:00

Dunyoning eng boy odami va uning sobiq rafiqasi bir haftada $12 mlrd.ga boyidi

Amazon asoschisi va bosh direktori Jeff Bezos hozir jahondagi eng boy odam bo‘lib, yaqinda tarixiy rekord o‘rnatgan edi. Endi esa uning va sobiq rafiqasi Makkenzi Skottning boyligi bir hafta ichida qariyb 12 milliard dollarga ko‘paydi, deb xabar qiladi Forbes jurnali.

O‘QING: Milliarder haqida milliardlarga teng faktlar

Sayyoramizning eng boy odami yeti kunda boyligini $8,8 mlrd.ga oshirgan va hozirda, Forbes Real-Time ma’lumotlariga ko‘ra, $193,1 mlrd.ni tashkil qiladi. Uning sobiq xotini, Amazon shirkatining 4% aksiyasi egasining boyligi esa $3 mlrd.ga ko‘paydi (jami boyligi – $62,2 mlrd).

Bir haftada Amazon aksiyalari narxi 5% ga qimmatladi. Faqatgina 9 oktyabr, juma kuni kompaniya Amazon Prime foydalanuvchilari uchun 13 va 14 oktabr kunlari sotiladigan ko‘plab elektronika va boshqa tovarlarga chegirmalar berilishini e’lon qilganidan keyin ular 3 foizga ko‘tarildi.

Boshqa yirik texnologik kompaniyalarning ham egalari boyidi. O‘tgan hafta ularning aksiyalari Donald Tramp koronavirusga chalingani haqidagi xabarlardan keyin tushib ketgan edi, ammo bu hafta ko‘tarildi. Xususan, Microsoft hammuassisi Bill Geyts’ning boyligi bir haftada $2,1 mlrd.ga ($117,2 mlrd.gacha) ko‘paydi, kompaniyaning sobiq rahbari Stiv Balmerniki esa $2,6 mlrd.ga ($73,4 mlrd.gacha). Microsoft aksiyalari yetti kun ichida 4,7% ga qimmatlashdi. Ushbu hafta kompaniya o‘yin konsollari va o‘yinlar ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tarmoq GameStop bilan hamkorlik qilishi haqida e’lon qildi.

O‘QING: Bill Geyts: «Mana shu yilgacha koronavirus pandemiyasining tugashidan umid qilmay qo‘yavering!»

Tesla asoschisi va bosh ijrochi direktori  Ilon Mask $3,5 mlrd.ga (90,8 milliard dollarga) o‘sdi, bu qisman muhim raqobatning yo‘qligi tufayli Tesla’ning aksiyalarining narxi 578 dollarga ko‘tarilishini bashorat qilgan New Street tahlilchisi tufayli sodir bo‘ldi. Tesla aksiyalari juma kuni yopilishida donasi 434 dollardan sotildi.

Alphabet (Google’ning bosh kompaniyasi) shirkati aksiyalari kompaniyaning o‘zini o‘zi boshqaradigan avtomobil ishlab chiqaruvchisi Waymo o‘zining haydovchisiz taksi xizmatini namoyish qilganidan so‘ng bir hafta ichida 3,9 foizga o‘sdi. Natijada Google asoschilari Larri Peyj va Sergey Brinning boyliklari mos ravishda $2,3 mlrd. va $2,1 mlrd.ga oshdi. Peyjning kapitali 67,7 milliard dollarga, Brinning kapitali esa 65,8 milliard dollarga o‘sdi.

O‘QING: Tesla rahbari Ilon Mask bir kunda 16,5 mlrd dollaridan ayrildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!