Dunyoning eng qimmat brendlari

  •   DiMaX
  •  3207
  •  01.06.2018 15:02

Dunyoning eng qimmat brendlari

Kantar Millward Brown hamda WPP kompaniyalarining tahlilchilari jahonning eng qimmat markalari ro‘yxatini tuzishdi. Bunda ularning oxirgi 12 oydagi ko‘rsatkichlari inobatga olindi.

O‘QING: “Dunyoning eng boy kishisi” qanday boyigan?

E’tiborli tomoni shundaki, ushbu ro‘yxatda eng yuqori o‘nta pog‘onani aynan axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi kompaniyalar zabt etgan. Mana, top-o‘ntalik bilan tanishamiz:

Kompaniya

2018 yilgi o‘rni

2017 yilgi o‘rni

Google

1

1

Apple

2

2

Amazon

3

4

Microsoft

4

3

Tencent

5

8

Facebook

6

5

Visa

7

7

McDonald's

8

10

Alibaba

9

14

AT&T

10

6

Ushbu reyting bo‘yicha hisobotlar bilan mana bu havola orqali The BrandZ loyihasining rasmiy saytida tanishish mumkin.

Aytish kerakki, mazkur reytingga 120 000 brend hamda 3 million nafar iste’molchi jalb etilgan. Unda xulosa chiqarish uchun ko‘plab parametrlar inobatga olingan: moliyaviy ko‘rsatkichlaridan tortib logotipining mashhurligigacha.

Faqat iqtisodiy jihatiga ko‘ra eng qimmat brendlar ro‘yxatini esa Forbes nashri taqdim etgan bo‘lib, unda reyting natijalari boshqacharoq ko‘rinish kasb etgan.

O‘QING: Apple sakkiz yildan buyon dunyoning eng qimmat brendi bo‘lib qolmoqda