Dunyoning eng qimmat brendlari e’lon qilindi: Apple kuchli uchlikda, lekin yetakchi boshqa!

  •   DiMaX
  •  2799
  •  23.01.2019 14:46

Dunyoning eng qimmat brendlari e’lon qilindi: Apple kuchli uchlikda, lekin yetakchi boshqa!

Brand Finance konsalting kompaniyasi jahondagi eng qimmat brendlarning yillik reytingini e’lon qildi. Apple unda ikkinchi o‘rinni egallab, kuchli uchlikdan joy oldi.

O‘QING: Eng qimmat kompaniya endi Microsoft ham emas, Apple esa yanada pastladi!

Ushbu reytingning eng cho‘qqisida ketma-ket ikkinchi bora Amazon kompaniyasi turibdi. 2019 yilning boshida Amazon brendini 187,9 milliard dollarga baholashdi, bu esa bir yil avvalgisidan naq 25 foizga oshiq ko‘rsatkichdir. Apple brendi esa bir yilda atigi 5 foizga qimmatlab, 153,6 milliard dollarga baholangan.

Eng qimmat brendlar uchligini Google yakunlab bergan – uning qiymati 142,7 milliard AQSh dollariga teng. Keyingi ikkita o‘rinni esa Microsoft va Samsung band etgan – ularning brendlari mos ravishda 119,5 milliard va 91,2 milliard dollarga baholangan.

O‘QING: Dunyoning eng boy odami kompaniyasi bankrot bo‘lishini bashorat qildi

Brand Finance mutaxassislari, bundan tashqari, eng yaxshi brend-menejerlar ro‘yxatini ham tuzishgan. Undagi yetakchi ham eng qimmat – Amazon brendining asoschisi va bosh direktori Jeff Bezos bo‘lmoqda. Aytish kerakki, Bezos hozirda dunyodagi eng badavlat kishilar ro‘yxatida ham birinchi o‘rinda turibdi.

Kupertinolik korporatsiya rahbari Tim Kuk esa eng yaxshi brend-menejerlar reytingida 4-o‘rinnigina olgan.

O‘QING: 2018 yili Apple o‘z rahbariga 15 million dollardan oshiq, ayrim xodimlariga esa undan ham ko‘p to‘lagan!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!