Dunyoning eng qimmat brendlari: Global 500 reytingida lider almashdi!

  •   DiMaX
  •  1613
  •  27.01.2021 11:06

Dunyoning eng qimmat brendlari: Global 500 reytingida lider almashdi!

Brand Finance tahlilchilari har yillik Global 500 hisobotini e’lon qilishdi. Apple korporatsiyasi 2016 yildan beri ilk bor eng qimmat brendlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa chiqib oldi.

O‘QING: Koronavirus to‘rtta kompaniyani dunyoning eng qimmat brendlari safiga olib chiqdi

Reyting mualliflari kupertinolik korporatsiyaning qiymatini 263,4 milliard dollarga baholashgan. Apple bir yilda o‘z brendi narxini naq 87 foizga oshirishga erishgan.

O‘tgan yilgi reytingda 187,9 milliard dollarlik qiymati bilan lider bo‘lgan Amazon esa bu gal ikkinchi pog‘onada. Joriy yilda bu brend narxi ham ancha o‘sib, 254,2 milliard dollarga yetgan.

Eng qimmat brendlar beshtaligiga yana Google ($191,2 mlrd), Microsoft ($140,4 mlrd) hamda Samsung ($102,6 mlrd) ham kirgan. Ko‘rib turganingizdek, yetakchilarning barchasi axborot texnologiyalari va internet sohalari vakillaridir.

Biroq eng tez o‘sib kelayotgan brend sifatida Tesla e’tirof etilgan – uning qiymati naq 158 foizga oshib, 32 milliard dollarni tashkil etgan! Ushbu kompaniya rahbari Ilon Mask bir yilda 100 milliard dollarga boyib, yaqinda dunyoning eng badavlat kishisiga aylangan edi.

O‘QING: Telegram muassisi Pavel Durov qanday qilib Rossiyaning eng boy odamiga aylandi?