Durov baribir Telegram Messenger LLP’ni yopishga majbur bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  1688
  •  11.01.2019 10:49

Durov baribir Telegram Messenger LLP’ni yopishga majbur bo‘ldi!

Rossiya Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasi nazorati bo‘yicha federal xizmati – Roskomnadzor shifrlash kalitlarini taqdim etmagani uchun Telegram’ni bloklashga harakat qilib kelayotganini bilasiz. Ushbu messenjer asoschisi Pavel Durov kuni kecha Telegram Messenger LLP kompaniyasini yopayotgani haqida Roskomnadzorga xabar berdi.

O‘QING: Rossiyada Telegram butunlay bloklanishi mumkin! Buning uchun Roskomnadzor 20 mlrd. ajratmoqchi

Aniqlik kiritib o‘tamiz: bu – Telegram ilovasi o‘z faoliyatini butkul to‘xtatadi, degani emas. Shunchaki, P.Durov tashkil qilgan va messenjerning rasmiy egasi bo‘lgan kompaniya tugatiladi, xolos.

Aytish kerakki, ayni damda Telegram Messenger LLP nomiga faqatgina App Store ilovalar katalogidagi Telegram X dasturi rasmiylashtirilgan. Messenjerning qolgan ilovalari esa boshqalarga tegishli: App Store’dagi Telegram hamda Google Play’dagi Telegram X dasturlari Telegram LLC kompaniyasiga, Google Play’dagi Telegram ilovasi esa Telegram FZ-LLC kompaniyasiga qarashli.

RBK axborot agentligiga ko‘ra, Telegram ilovalari egalarining rasman o‘zgarishi undagi TON blokcheyn-platformasining hamda Gram kriptovalyutasining yo‘lga qo‘yilishi kutilayotgani bilan bog‘liq.

O‘QING: Durov kriptovalyuta chiqarib, Telegram foydalanuvchilarini ham millionerga aylantirmoqchi (+video)