Durov bir necha hafta ichida Telegram'ga yana yangi funksiyalar qo‘shilishi ma’lum qildi

Durov bir necha hafta ichida Telegram'ga yana yangi funksiyalar qo‘shilishi ma’lum qildi

Bir necha oylik sinovlar va Apple'ning ikki haftalik "ko‘rib chiqish" jarayonidan keyin, vanihoyat, Telegram versiyasi yangilandi va unga yangi funksiyalar qo‘shildi. Aytish kerakki, yangilanishdagi eng yaxshi o‘zgarish - bu xabar matnlarida animatsiyalangan emojilardan foydalanish imkoniyati yaratilganligi bo‘lib, messenjer rahbari Pavel Durov bu haqida shunday deydi:

"Har qanday mobil telefon ekranida vektorga asoslangan, silliq animatsiyali yuzlab emojilarning bir vaqtda o‘ynashini ta’minlash qiziqarli muhandislik muammosi edi. Telegram buni mobil ilovada amalga oshirgan birinchi kompaniyadir."

Albatta, oddiy emojidan farqli o‘laroq animatsiyali emojilar xabar matningizni yanada jonliroq va yoqimliroq qiladi.

Durovning qo‘shimcha qilishicha, xabar matnlariga maxsus emojilarning qo‘shilishi Telegram'ning bo‘lajak vizual inqilobidagi birinchi qadam bo‘lib, bir necha haftadan keyin foydalanuvchilar xohlagan xabarlariga, xohlangan maxsus emojilari bilan reaksiya bildirishlari, bundan tashqari, emojini profil ismlari yoniga status qilib qo‘yishlari mumkin bo‘ladi.

"Bularning barchasi birinchi navbatda Premium obunachilar uchun chiqariladi, chunki aynan ular Telegram'ni hamma uchun bepul va xususiy bo‘lib qolishini ta’minlashmoqda.", deydi Durov.

O‘QING: Tez kunda iPhone egalari ko‘proq reklama ko‘rishni boshlaydilar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.