Durov: Telegram’da shu haftadayoq yirik yangilanish bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  1848
  •  09.11.2017 10:36

Durov: Telegram’da shu haftadayoq yirik yangilanish bo‘ladi

Ommabop Telegram messenjerida joriy haftada keng ko‘lamli yangilanish amalga oshiriladi. Bu haqda uning asoschisi Pavel Durov o‘zining Twitter-akkaunti orqali ma’lum qilgan.

Will Hook ismli Twitter foydalanuvchisi Telegram messenjeridan yangi  iPhone X’da foydalanishda muammolar kelib chiqayotgani haqida tvit yozgan. Pavel Durov unga javoban, Apple’ning yangi flagmani uchun messenjerdagi barcha tuzatishlar ham ushbu haftada bo‘lishini yozgan.

O‘QING: iPhone X uchun Telegram’ning beta-versiyasini o‘rnatamiz

Mazkur yangilanish bilan iPhone X sohiblariga va boshqa barcha foydalanuvchilarga taqdim etiladigan qulayliklar ro‘yxati esa mana bu xabarimizda berilgan. Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish uchun biz bilan qoling!