Durov Telegram'ning bloklanishiga sabab bo‘lgan loyiha qachon ishga tushirilishini ma’lum qildi

Durov Telegram'ning bloklanishiga sabab bo‘lgan loyiha qachon ishga tushirilishini ma’lum qildi

Telegram asoschisi Pavel Durov investorlarga Telegram Open Network (TON) blokcheyn-platformasi sinov testlaridan muvaffaqiyatli o‘tganligini ma’lum qildi. Loyiha shu yilning kuzida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Ichki yozishmalarga ko‘ra, TON’ni sinab ko‘rish jarayoni shu yilning mart oyida boshlangan. Yangi tizim firibgarlik harakatlarida jarayonni bekor qilish, shuningdek, smart-kontakt va tranzaksiyalarni yagona tarmoq tugunlarida qayta ishlash testlaridan o‘tgan. Platforma yaratuvchilari dasturchilar uchun tranzaksiyalarni boshqarish uchun dasturiy til ishlab chiqqan. Uning nomi — Fift.

O‘QING: Telegramning kelajagi qanday? Joriy yilda u o‘z kriptovalyutasiga ega ulkan biznes maydoniga aylanadimi?

TON haqidagi ilk ma’lumotlar 2018 yilning boshida paydo bo‘lgan edi. O‘shanda Telegram ushbu loyiha uchun bir necha hafta ichida investorlardan 1.7 milliard dollar sarmoya yig‘a olgandi. 2018 yilning oktyabrida platforma 70% ga tayyorligi aytilgan. Durov investorlarga uning platformasi tranzaksiyalarni Bitcoin va Ethereum’ga qaraganda bir necha marta tezroq qayta ishlashi, tezlik bo‘yicha Visa va Mastercard bilan bellashishini va’da qilgandi.

O‘QING: Pavel Durov: Kreml bilan jang, sargardon umr, Telegram va qiymati oshayotgan bitkoynlari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!