Durovning dastxati deyarli 275 ming dollarga baholandi!

  •   DiMaX
  •  509
  •  08.06.2021 16:58

Durovning dastxati deyarli 275 ming dollarga baholandi!

Rossiyadagi ommabop «Yula» onlayn savdo maydonchasida Pavel Durovning dastxatini sotish to‘g‘risida e’lon paydo bo‘ldi. Bu haqda UZZOOM nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Telegram asoschisining farzandlari allaqachon Forbes reytingiga kirdi!

VKontakte ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi 2014 yilda o‘z otasining qalamiga mansub «Yuliy Sezar – inson va yozuvchi» kitobida dastxat qoldirib, do‘stiga taqdim etgan edi. Endi ushbu kitob juda qimmat narxda sotilmoqda: unga 20 million rubllik narx belgilangan, bu esa deyarli 275 ming dollarga to‘g‘ri keladi.

E’lon muallifining so‘zlariga ko‘ra, ushbu kitob unga shaxsan Pavel Durov tomonidan sovg‘a qilingan. Sotuvchi savdodan to‘plangan mablag‘ni «bolalarni zamonaviy tahdid va xatarlar to‘g‘risida xabardor qilishga» sarflashni va’da qilmoqda.

O‘QING: Telegram asoschisi iPhone egalarini «Apple’ning qullari» deb atadi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!