O‘qishga qanday qilib DXM orqali hujjat topshiramiz?

  •   DiMaX
  •  2332
  •  11.06.2019 09:19

O‘qishga qanday qilib DXM orqali hujjat topshiramiz?

«Taraqqiyot strategiyasi» markazida Davlat xizmatlari agentligi tomonidan bolalarni davlat maktablariga qabul qilish va oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish tartibidagi yangiliklarga bag‘ishlangan brifing tashkil etildi. Bu xususda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

O‘QING: Oliy o‘quvga hujjatlarni onlayn topshiramiz!

Xabarga ko‘ra, tadbirda Davlat xizmatlari agentligi, Xalq ta’limi va oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Davlat test markazi mas’ullari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan edi. Unga muvofiq, abituriyentlar ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan oliy ta’lim muassasalariga Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hujjat topshirishlari mumkin va ushbu oliy o‘quv yurtlari ro‘yxati haqida 5 kunlik muddatda taklif Davlat komissiyasiga kiritilishi lozim.

Brifingda ma’lumot berilishicha, Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish belgilanmagan davlat OTMga hujjat topshirish Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan tartib bo‘yicha amalga oshiriladi.

Abituriyentlar o‘zlarining doimiy (vaqtincha) ro‘yxatda turgan joyidan qat’i nazar, istalgan Markazga murojaat qilishlari mumkin.

OTMlarga o‘qishga kirish uchun hujjat har yili 15 iyundan 15 iyulgacha (shu kuni ham) ko‘rsatiladi.

– Bu tartib biz uchun yangilik emas, o‘tgan yili Toshkent Davlat yuridik universitetiga hujjatlar markazlarimiz orqali qabul qilinib, jarayon eksperimentdan muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazilgan edi, – deydi Davlat xizmatlari agentligi boshkarma boshlig‘i Maxmud Abdijaliyev. – 7 mingta abituriyent o‘z hududidagi DXM orqali hujjatlarini topshirib, belgilangan tarzda test sinovlarida ishtirok etgan. Oliy ta’lim muassasalariga DXM orqali hujjatlarni qabul qilish jarayonining tatbiq etilishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

O‘QING: Eng yaxshi bitiruvchilar TATUga imtihonsiz qabul qilinadi!

O‘qishga talabgor abituriyent DXM xodimiga quyidagi hujjatlarning asl nusxasini taqdim etadi:

- fuqarolik pasporti;

- pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;

- umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf), yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan);

- imtiyozga ega bo‘lgan abituriantlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat.

Hujjatlar asosida xodim kerakli ma’lumotlarni elektron tizimga kiritgach, ularni abituriyentga qaytaradi. Ya’ni, hujjatlar Markazda qolmaydi.

Abituriyent bir vaqtda, o‘qitishning bir shakli doirasida 3 tagacha oliy ta’lim muassasasini tanlashi mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun joriy yil bitiruvchilaridan va nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslardan to‘lov undirilmaydi.

Test sinovlari o‘tkazilayotgan yildan avvalgi yillarda ta’lim muassasasini tugatgan abituriyentlardan esa eng kam oylik ish haqining 50 foizi (101 ming 365 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.

O‘QING: Doktoranturaga hujjatlar endi elektron tarzda topshiriladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!